Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida prezident Şavkat Mirziyoyev umumiy qiymati qariyb 50 trillion sömlikni obyektlarni işga tuşirdi. Tantanali marosimda teleköprik orqali davlat rahbari bilan muloqot qilgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro tarixida hozirgidek rivojlaniş heç qaçon bölmaganini aytdi.

“Ruxsat bersangiz, men ham ozgina iqtisodiy raqamlarga töxtalsam. Mana, bu yerda tarixçilar, oqsoqollar ötiribdi, Buxoroning 2500 yillik tarixini kötarganda ham bugungi kundagidek rivojlaniş bölmagan, hurmatli prezident.

Tarixiy obidalarni tiklaş uçun mablağlar ajratganligingiz, Mir Arab, Ark, Minorayi kalon kabi xalqimizning durdonalarini saqlaş böyiça mablağlar ajratib... Bugungi kunda butun dunyo lol qolyapti, çet ellardan kelgan turistlar ham mana şularni qayta restavratsiya bölib tiklanganini körib hayron qolişyapti, hurmatli prezident”, – dedi viloyat rahbari.

Botir Zaripov yil yakunigaça Buxoro viloyatida kambağallik va işsizlikka barham berişga vaʼda berdi.

“Sizning islohotlaringiz natijasida biz yalpi hududiy mahsulotimizni 10 foizga oşiriş böyiça özimizga majburiyatni oldik. 12 trillion söm kredit resurslarini berdingiz. Nima yetmaydi degan savolni berdingiz. Men tan olib aytdim, hurmatli prezident, faqat biz hokimlar boşçiligida, pastga tuşib, kambağallik va işsizlikni nol qiliş böyiça siz yaratib bergan imkoniyat, imtiyoz, şaroitlardan foydalanib, bemalol imkoniyati bor: Buxoroda yil yakunigaça kambağallik, işsizlik bölmaydi, hurmatli prezident”, – dedi u.

Prezident Şavkat Mirziyoyev erişilgan yuksak natijalarni eʼtirof etiş bilan birga, hali qilinadigan işlar köpligini taʼkidladi.

“Bu – juda katta marra. Bir paytlar Buxoroda [faqat] tomga paxta ekilmagan edi. Suv yöq edi, yöl yöq edi. Birinçilar bölib suvga qança pul berdik, yölga qança pul berdik. Buni tuşungan odam tuşunadi. Bir narsani bilişimiz kerak: albatta, erişgan natijalarimiz yuksak va ular bizniki, lekin hali işlarimiz juda köp”, – dedi davlat rahbari.