AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş va u yerga AQŞ elçixonasini köçiriş qarori AQŞni Yaqin Şarqdagi tinçlik jarayonining vositaçilari qatoridan istisno qiladi. Bu haqda 28 yanvarda Addis- Abebeda, Afrika ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari va boş vazirlarining 30-uçraşuvida Falastin rahbari Mahmud Abbos aytib ötdi. 

“Bizning ixtilofni tinçlik bilan hal qiliş variantiga munosabatimiz önlab yillardan beri özgarişsiz qolmoqda. Biroq prezident Trampning Al-Quds böyiça qarori AQŞni Isroil foydasiga yon bosuvçi tomonga aylantirdi, bu esa AQŞni tinçlik jarayonidagi vositaçilar qatoridan istisno qiladi”, deb aytgan Abbos.

“Mohiyatan, AQŞ Yaqin Şarqdagi ixtilofni tinçlik bilan hal qilişning adolatli va xolis variantini taklif qila olmaydi”, deb qöşimça qilgan Abbos. 

Abbos ixtilof ikki davlat – Falastin va Isroil davlatlari mavjud bölişi tamoyiliga, 1967 yildagi çegaralarga qaytişga, Isroilning Falastin hududlarini okkupatsiya qilişni töxtatişiga asoslangan bölişi lozimligini” aytdi. Abbos, şuningdek, barça davlatlarni Al-Qudsda elçixona oçişdan saqlanişga çaqirdi.