Bugun, 28 yanvar kuni Çiroqçi tumanida prezident rahbarligida Qaşqadaryo viloyati faollari yiğilişi bölib ötdi.

«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, uşbu yiğiliş tanqidiy ruhda ötgan. Davlat rahbari bir qança soha rahbarlari tomonidan olib borilayotgan işlarni tanqid qilgan. Şu bilan birga turli davlat taşkilotlarida nega tez-tez lavozimiy özgarişlarni amalga oşirayotgani haqida töxtalib ötdi.

“Men nega tez-tez lavozimiy özgarişlarni amalga oşirayapman, çunki qöygan rahbarlarim hozirgi tizimga çidolmayapti, yetolmayapti. Mana şu. Çidaş uçun sadoqat kerak, fidoyilik kerak. Odam özini qiynaş kerak. Mana şunda natija böladi.

Toşkentda ğöddayib ötiriş hammaga yoqadi. Qaşqadaryoda ikkita zavod bor, deb ötirib bölmaydi. Ikkita zavod bölsa unda ikki ming odam işlar, ön ming odam işlar. Ammo Qaşqadaryoning 3 millionga yaqin aholisi bor, yoşlari bor... Ularni boqiş kerak-ku! Mana qanday vazifalarni bajariş kerak”, - deb gapirib ötgan Şavkat Mirziyoyev.