Ayni paytda tanasida 16 ta igna va sim bölaklari topilgan ön bir oylik çaqaloq haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda köp muhokamalarga sabab bölmoqda. Gödakning umumiy ahvoli qanday? Bu mudhiş jinoyat kim tomonidan sodir etilgan?.. Şu kabi savollar köpçilikni qiziqtirmoqda. “Xalq sözi” naşri muxbiri ularga javob topiş maqsadida bir qator idoralarga murojaat qildi.
Hozir respublika şoşilinç tibbiy yordam körsatiş ilmiy markazi Farğona viloyati filialida davolanayotgan 11 oylik Azizbek Abdumajidovning onasi Şohsanam Boltaboyeva Toşloq tumanidagi “Nayman” mahalla fuqarolari yiğinidagi “Istiqlol” köçasida yaşaydi. Uşbu xonadonda sodir bölgan mudhiş voqea butun mahalladoşlarni qattiq larzaga soldi. Azizbekning tanasidan olingan ignalar va sim bölagi haqidagi xabarlar hammani aççiq öyga toldirib qöydi.
Farğona viloyati prokuraturasi maxsus xabarnomasida ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Toşloq tumani prokuraturasi hamda tuman içki işlar bölimi xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşirişlar olib borilgan. Natijaga köra, töplangan dalillar va iş holatlaridan kelib çiqib Azizbek Abdumajidovning tanasida aniqlangan ignalar va sim bölagini uning tanasiga yaqin qarindoşlari yoki boşqa şaxslar tomonidan taşqi kuç ta'siri ostida kiritilgan bölişi mumkinligi haqidagi taxminni bir qator tergov harakatlari ötkaziş orqali, ya'ni çuqur tekşirmasdan turib haqiqatni aniqlab bölmasligi oydinlaşdi.
— Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi, — deydi viloyat prokuraturasi bölim boşliği Ğayratjon Muhammadiyev. — Çaqaloq tanasidagi ignalar oğiz böşliği orqali yaqinlarining ehtiyotsizligi natijasida tanasiga kirib qolganmi yoki haqiqatdan ham çaqaloq hayotiga suiqasd qilinganmi? Bunga tergovning yakuniy natijasi orqali baho beriladi.












