Endi futbolimiz özgaradi. Majburlab pul yiğilmaydi, öyinlar kelişilmaydi, Babayan bölmaydi, «kal Geynrix» terma jamoaga çaqirilmaydi, xullas juda köp «muammolarimiz» bir nutq bilan yeçilib ketgandek, nazarimda. Ammo...
2006 yilda bir jinoiy iş yuzasidan Italiyaning «Yuventus» klubi boş direktori Luçiano Modjining telefon qönğiroqlari «eşitilganda», boşqa haqiqatlar yuzaga çiqadi - Modji 2004/05 yilgi mavsumda jamoasi öyinlariga «öz hakamlarini tayinlaş»da ba'zi funktsionerlar bilan muloqotlar qilar ekan. Iş kattalaşib ketadi va:

- Luçiano Modji umrbod futboldan çetlatiladi, kelişilgan öyinlar uyuştirgani uçun Neapol sudi uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qiladi.
- hakam Massimo de Santis 4.5 yilga futboldan çetlaştiriladi.
- Italiya futbol federatsiyasi prezidenti va vitse-prezidenti iste'foga çiqadi.
- «Rejjina» prezidenti Lilo Fonti 20 ming funt jarima tölab, 2.5 yilga futboldan çetlaştiriladi.
- Adriano Galliani 5 oyga futboldan çetlaştiriladi.
- «Yuventus» ijroçi direktori Antonio Jiraudo umrbod futboldan çetlaştiriladi.
- «Milan», «Latsio» va «Fiorentina» V seriyaga surgun qilinadi, ammo apellyatsiyadan keyin jarima oçkolari bilan birga A Seriyada qolişadi.
- «Yuventus» V seriyaga surgun qilinadi va Çempionlar Ligasidagi örnidan mahrum qilinadi. Ikki çempionlik tortib olinadi.
2015 yilgi çempionatda «Paxtakor» - «Metallurg» öyinida hisobda 0:2 hisobida orqada borayotib, ikki golni penaltidan urib, 3:2 hisobida ğalaba qozongan, mazkur öyinda kelişilganlik alomatlari bölganiga işora qilingandi. Gap faqat ikkita penalti qöygan hakamda emas, «Metallurg» boş murabbiyi öşa öyindan keyin mavsum oxirigaça futboldan çetlatilganini ham eslaymiz. «Paxtakor» haqida esa, ÖFFning öşa paytdagi prezidenti Mirabror Usmonov aççiq gaplarni aytgan - «bunday ğalaba bilan ertaga qaysi yuz bilan çempionlik medalini taqib yurişarkin?».
Usmonov bu masalaga öşa mavsum oxirida yana qaytilişini va yana kimdir qattiq jazolanişini va'da bergandi. Keyinçalik, «Paxtakor» çempionlik medalini taqdi, heç kim jazolanmadi, hammasi «unutildi». Aslida nima bölgandi, kim kim bilan kelişgan, kim kimga qönğiroq qilgan, hammasi mavhumligiça qolgandi.

Eslayotganimning sababi, bu mavzuga tunov kuni endi ÖFAning yangi prezidenti Oçilboy Ramatov ham qaytdi.
«Öyinlarda ofsayddan urilgan gollar hisobga olinişi, yöq joydan penalti berilişi, bor penalti berilmasligi, futbolçilar raqibga penalti işlab yordam berişi kuzatiladi. Ikki yil oldin bölgan «Metallurg» bilan «Paxtakor» öyinini bilasizlar-a? Kimlardir aralaşgandi. Bu özbek futbolidagi eng ahmoqgarçilik bölgandi. Ğirrom bölgan joyga muxlis kelmaydi-ku?», - deb kuyinib gapirdi ÖFA rahbari.
Hammasi tuşunarli. Ğirrom deyilganda faqat hakamning harakatlari nazarda tutilmagani şubhasiz, çunki Ramatov ham «kimlardir aralaşgandi» deyapti.
Bunday bayonotdan keyin qanday voqea sodir bölişi kerak?
Birinçi variant,
ÖFA rahbarining sözlari juda qimmat turadi. Bir gap aytildimi, uning orqasida aniq isbot va dalil bölişi kerak. Demak, keyingi harakat öşa voqea yuzasidan dalillarning taqdim etilişi va aslida nima voqea bölgani oçiq oydin ommaga ma'lum qilinişi şart. Şuningdek, öşa voqeada iştirok etgan «kimlardir» oşkor qilinib, ular jazolanişi, öşa öyin natijasi bekor qilinib, «Paxtakor»ni nafaqat öşa öyindagi uç oçkodan, umuman öşa mavsumdagi çempionlikdan mahrum qiliş lozim.
Bir neça muxlisning sökinişi uçun klublar yuz millionlab jarima tölayotgan bir paytda, bir klubning öşa «sökiniş ma'nosidagi iş»ni özbek futboliga nisbatan qilişiga nega köz yumilişi kerak? Axir Turinning «Yuventus» klubining ham ötgan çempionatdagi işlari kavlanib, oqibatda 2 çempionlik unvonidan mahrum qilinmaganmidi?
Töğri, öşa paytdagi «Paxtakor» rahbarlari hozir yöq, butunlay boşqa insonlar tomonidan amalga oşirilgan. Ammo, klub öşa, çempionlik unvoni muzeyda turibdi, axir öğrini uşlaşgaç, öğirlangan mol ortga qaytarilmaydimi?

Ikkinçi variant,
Ramatovda ham, ikki yil oldingi Usmonovda ham «Paxtakor»ni jazolaşga yetarli asos ham dalil ham yöq. Usmonov öşanda öyin atrofida paydo bölgan gap-sözlardan kelib çiqib, Ramatov esa, öşa paytdagi «Paxtakor»ning asosiy raqibi «Lokomotiv» rahbari bölgani uçun, öşa voqea qattiq ta'sir qilib, haligaça esdan çiqmaganlikdan aytib yuborgan bölişi mumkin.
Mumkin, divanda ötirganimizda, ya'ni heç qanday aniq ma'lumot bölmaganda, hamma variantni hisobga olişga majburmiz.
U holda, «Paxtakor» öz şa'nini himoya qilişi, ÖFA rahbarini tuhmatda, klub şa'niga putur yetkazişda, asossiz ayb qöyişda ayblaşi kerak. Jamoaning «Metallurg» bilan öyindagi halol irodali ğalabasi va buning orqasidan öşa yilgi çempionligi şubha ostiga olinmoqda, buni butun Özbekiston eşitmoqda, öqimoqda. Klub uçun öz şa'ni, imiji muhim emasmi?
Agar men yoki boşqa jurnalist «Paxtakor»ni kelişilgan öyinlarda ayblab maqola yozsam, ertasigayoq klub rasmiy saytida şapaloqdek raddiya çiqişiga işonaman. Bunday holatlar juda köp kuzatilgan, klub matbuot xizmatining bu borada juda faolligi va klub şa'nini munosib himoya qila olişiga köp bor guvoh bölganman va boşqa klublar ham bundan örnak olsa arziydi. Ammo nega klub hozir jim? Ramatovga, oddiy jurnalist emas, rasmiy şaxsga, aynan futbolimizning boşida turgan insonning bu aybloviga nega jim turibdi?
Yoki bu nutq balki yana ikki yilga unutilib ketişidan umidvormi? Voqeani yana kavlab, isbot talab qilinsa, vaziyat çigallaşib ketişidan qörqilmoqdami? Ya'ni ÖFA prezidenti qölida rostan ham isbot borki, «Paxtakor» buni biladimi?
Har qanday holatda ham bunday bayonotlar şunçaki, jimjitlik bilan ötib ketmasligi, orqasidan, yo u yoki bu jarayonning boşlanişiga hizmat qilişi şart edi. Ammo hozirça özgariş yöq.
Heç narsa özgargani yöq.
Qahramon Aslanov











