«Tribuna» Ispaniya çempionatining 21-turi yakunlarini keltiradi.

La Liga rekordi va penaltisiz 2 yil

Foto: La Liga

«Barselona» kutilmaganda «Alaves»ga qarşi öyinda muammolarga duç keldi. Birinçi bölimning birinçi qismida gol ötkazib yuborgan kataloniyaliklar faqat öyinning oxirgi çoragida vaziyatni özgartira olişdi. Yana Suares va yana Messi qutqardi. Öyin avvalida jamoaning sobiq futbolçisi Erik Abidal qölidan La Liganing dekabr oyidagi eng yaxşi futbolçisi uçun atalgan sovrinni qabul qilib olgan urugvaylik hujumçi qatorasiga sakkizinçi öyinda ham gol urdi. Bunday körsatkiç bilan joriy mavsumda Yevropadagi heç bir futbolçi maqtana olmaydi. Argentinalik futbolçi esa öyinga qöşib berilgan daqiqalarda jarima zarbasidan ğalaba golini urdi. Bu gol uning çempionatning joriy mavsumdagi 20-goliga aylandi. Bu ham La Liga rekordi, şu vaqtgaça heç bir futbolçi qatorasiga 10 mavsumda uzluksiz kamida yigirtmatadan kam gol urmagandi.

Tan oliş kerakki, Leoning goli nohaq belgilangan jarima zarbasi orqali röy berdi. Kataloniyaliklar hujum qilayotgan vaqtda Pako Alkaserga qöpollik işlatildi, ammo u töp öziga uzatilgan vaqtda ofsayd holatida edi.

Foto: Skrinşot

«Alaves»da hakamga norozilik bildiriş uçun yana bir sabab bor - Munirning zarbasidan keyin töp jarima maydoni içida Umtitining qöliga tegdi, lekin penalti belgilanmadi.

Foto: Skrinşot

E'tiborli jihati, «Barselona» darvozasiga 74 turdan buyon penalti belgilanmagan, kataloniyaliklar darvozasi tomon oxirgi penalti ikki yil muqaddam, 2016 yilning 14 fevralida qöyilgandi.

«Mestalya»dagi parokandalik

Foto: La Liga

Zidanning «Real»dagi taqdiriga oydinlik kiritiladigan «PSJ»ga qarşi öyinga ikki hafta qolganida madridliklar jamoani Ispaniya Kubogidan çiqarib yuborgan «Leganes»ga taşakkur bildirsa arziydi. Bu jamoadan mağlubiyatdan keyin «Real» öziga keldi va Valensiyada yirik ğalabaga erişdi. «Real» oxirgi 3 mavsumda «Mestalya»dan ğalaba bilan qaytmayotgandi. Qolaversa, Ispaniya Kubogidan çiqib ketgan jamoada «PSJ»ga qarşi öyinga tayyorlaniş uçun köproq vaqt böladi.

«Valensiya»ga qarşi öyinda «Real»ning ğalabasini Ronalduning penaltidan urgan ikki goli (ikki penalti ham haqli qöyildi) va Zidanning töğri öyinçi almaştirişlari ta'minladi: u maydonga taşlagan Asensio va Kovaçiç Marselo va Modriçga golli pas uzatdi. «Valensiya»ning yagona goli Santi Mina tomonidan urildi, u birinçi bölimda hisobni tenglaştirgandi. Ammo keyinçalik mezbonlar Keylor Navas darvozasi oldida aytarli xavfli hujumlar uyuştirişmadi. Mavsum davomida ma'lum muddat turnir jadvalida peşqadamlik qilgan «körşapalaklar» jamoasi çempionlik poygasidan çiqib ketmoqda. Ayni vaqtda zaxirada bitta öyini bor «Real» turnir jadvalida valensiyaliklardan 2 oçko ortda qolmoqda.

«Vilyarreal» yevrokuboklar sari

Foto: La Liga

«Valensiya»ning qölini kötarişi «Vilyarreal»ning kuçli törtlikka kiriş imkoniyatlarini paydo qilmoqda. «Sariq submarinalar» «Real Sosedad»ga qarşi öyinning 20-daqiqasiga keliboq 3:0 hisobida oldinga çiqib oldi. Mehmonlar keyinroq nimalardir qilişga urinişdi, ammo öyin 4:2 hisobida mezbonlar ğalabasi bilan tugadi. Endi «Vilyarreal» uçinçi örindagi «Valensiya»dan atigi 3 oçko ortda. Barçasi 36-turda keçadigan Valensiya derbisida hal bölişi mumkin.

Raqibni qörqitiş uçun özingga ur

«Espanol» himoyaçisi Mario Ermoso Primera doirasida «Leganes»ga qarşi keçgan va jamoasining 2:3 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlangan öyinda 3ta gol urdi. Ammo u gollardan ikkitasini öz jamoasi darvozasiga yöllagan. Uşbu 22 yoşli ispaniyalik futbolçi 11- va 82-daqiqalarda avtogollarga mualliflik qildi, 88-daqiqada «Leganes» darvozasini işğol qildi.

Şu tariqa, Ermoso primerada bunday körsatkiç qayd etgan ilk futbolçiga aylandi. Liga taşkil etilgan 1928 yildan buyon bir futbolçi öz darvozasiga ikki gol va raqib darvozasiga bir gol urişi hali kuzatilmagandi.

Tur öyinlari

«Atletik» - «Eybar» - 1:1 (0:0).
Gollar: Aduris, 50 (1:0). Kike, 73 (1:1).
«Deportivo» - «Levante» - 2:2 (2:0).
Gollar: Adrian, 19 (1:0). Andone, 45 (2:0). Ivi Lopes, 80 (2:1). Ivi Lopes, 84 (2:2).
Çetlatiş: Borxes (Deportivo), 34.
«Valensiya» - «Real» - 1:4 (0:2).
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 16 - penalti (0:1). Kriştianu Ronaldu, 38 - penalti (0:2). Mina, 58 (1:2). Marselu, 84 (1:3). Kroos, 89 (1:4).
«Malaga» - «Jirona» - 0:0.
Çetlatiş: Çori Kastro (Malaga), 78.
«Vilyarreal» - «Real Sosedad» - 4:2 (4:1).
Gollar: Viktor Ruis, 5 (1:0). Pablo Fornals, 17 (2:0). Bakka, 20 (3:0). Lorente, 24 (3:1). Samuel Kastilexo, 34 (4:1). Villian Joze, 58 (4:2).
«Leganes» - «Espanol» - 3:2 (1:0).
Gollar: Ermoso, 11 - avtogol (1:0). Navarro, 49 (1:1). Gerrero, 69 (2:1). Ermoso, 82 - avtogol (3:1). Ermoso, 88 (3:2).
«Atletiko» - «Las-Palmas» - 3:0 (0:0).
Gollar: Grizmann, 61 (1:0). Fernando Torres, 73 (2:0). Partey, 88 (3:0).
«Sevilya» - «Xetafe» - 1:1 (0:0).
Gollar: Muriel, 72 (1:0). Anxel, 90+3 (1:1).
«Barselona» - «Alaves» - 2:1 (0:1).
Gollar: Gvidetti, 23 (0:1). Luis Suares, 72 (1:1). Messi, 84 (2:1).
«Selta» – «Betis 3:2» (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 12 Aspas, 2:0 – 57 Maksi Gomes, 2:1 – 71 Leon, 3:1 – 79 Aspas, 3:2 – 90, penalti Guardado.

Turnir jadvali

Foto: La Liga