Özbekistonda joriy yilda telefon raqamlari yettidan töqqiz sonli şaklga ötkaziladi. Bu haqda «Özbektelekom» kompaniyasi Facebook’da xabar berdi.

2018 yilda telefon raqamlari ikkita qöşimça raqamga uzunroq böladi, mintaqa kodi qöşiladi. Şu tariqa şaharlararo raqamlarga qönğiroq qiliş jarayoni ham yengillaşadi.

Masalan: qayd etilgan aloqa abonenti raqamini çaqiriş uçun raqamni 71XXXXXXX, 62XXXXXXX va hokazo şaklda teriş kerak bölsa, mobil raqam uçun - 90XXXXXXX, 93XXXXXXX, 97XXXXXXX v.h. Telefon raqamlarining 12 sondan iborat xalqaro şakli özgarişsiz qoladi.

Töqqizta sonli şaklga ötiş mobil operatorlarda raqam diapazoni deyarli qolmagani, aloqa xizmatlariga talab esa kun sayin ortib borayotgani bilan boğliq.