Xitoyda elektromobillarning örtaça yoşi 1,8 yilga, oddiy içki yonuv dvigatelli avtomobillarniki esa 8,2 yilga teng, deb xabar berdi China Press gazetasi Xitoy avtomobilsozlar assotsiatsiyasi va Hejun Consulting kompaniyasi qöşma hisobotiga asoslanib.
Qayd etilişiça, akkumulyatorlar, elektr motorlar, boşqaruv elektronikasi va boşqa texnologiyalarning tez takomillaşib borayotgani sababli ikki-uç yil avval işlab çiqarilgan modellar yuriş masofasi, quvvatlaniş samaradorligi va hisoblaş imkoniyatlari böyiça yangilaridan ança ortda qolmoqda. Şu bois köplab haydovçilar elektromobillarini yangisiga almaştirişga qaror qilmoqda.
Bloomberg ma’lumotiga köra, elektromobillarning örtaça yoşi hatto mobil telefonlarni almaştiriş davridan ham past. Bundan taşqari, ularning qoldiq qiymati tez pasayadi: uç yildan söng elektromobil dastlabki narxining atigi 43,35 foizini saqlab qoladi.
Mart oyida Umicore kompaniyasi boş direktori Matias Midrayx Financial Times naşriga bergan intervyusida AQŞ avtomobil işlab çiqaruvçilari elektromobillarni sotişda qiyinçiliklarga duç kelayotgan bir paytda Xitoy bozori ösişda davom etayotganini ta’kidlagandi.
Uning sözlariga köra, Xitoyda işlab çiqarilgan elektromobillar texnik jihatdan raqobatçilarnikidan qolişmaydi va narxi ham ança arzon.












