Avstriyadagi Grats universitetining axborot xavfsizligi instituti hamda Xavfsiz axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari yettita brend ilovalarini tekşirgan. Natijalar ESORICS 2026 xalqaro kompyuter xavfsizligi simpoziumida taqdim etilgan.
Bunday ilovalar eski smartfondagi maʼlumotlarni yangi qurilmaga simsiz köçirişga yordam beradi. Buning uçun telefonlar örtasida töğridan-töğri Wi-Fi aloqasi örnatiladi.
Tajribalarda aynan şu uzatiş jarayonidagi zaifliklardan foydalanib, maʼlumotlarni tutib oliş yoki uzatişga aralaşiş mumkinligi körsatilgan. Manbaga köra, buning uçun simsiz tarmoq taʼsir doirasida - taxminan 20–45 metr masofada böliş va qiymati 100 yevrodan kam uskunadan foydalaniş yetarli bölgan.
Mutaxassislar sinovlarda SMS-xabarlar, kontaktlar, suratlar, salomatlikka oid maʼlumotlar, ilovalarda saqlangan parollar va Wi-Fi tarmoqlari kalitlariga kirişga muvaffaq bölgan. Ayrim holatlarda köçirilayotgan ilova örnatiş fayllarini almaştiriş va yangi smartfonga zararli dastur kiritiş imkoniyati ham aniqlangan.
Xavf telefondan odatiy foydalanişning barça holatlariga emas, zaif ilovalar orqali maʼlumot köçiriş jarayoniga taalluqli. Manbada xaridorlarga yangi telefonni sozlaş va maʼlumotlarni ötkaziş xizmati körsatiladigan elektronika dökonlari hamda aloqa salonlarida bu masala ayniqsa ahamiyatli ekani qayd etilgan.
Tadqiqotçilar natijalarni eʼlon qilişdan avval kompaniyalarni xabardor qilib, himoya yangilanmalarini tayyorlaş uçun vaqt bergan. Şundan söng aniqlangan zaifliklar tuzatilgan.
Mutaxassislar maʼlumot köçirişdan oldin har ikki smartfondagi operatsion tizim va maʼlumot ötkaziş ilovasini yangilaşni tavsiya qilgan. Bu aniqlangan zaifliklardan foydalaniş xavfini kamaytirişga xizmat qiladi.








