Yaponiyaning Sapporo şahridagi qariyalar uyida 1 fevralga ötar keçasi yirik yonğin sodir böldi. Ma'lum qilinişiça, yonğin oqibatida 11 kişi halok bölgan.
NHK telekanalining mahalliy öt öçiriş xizmati vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, yonğin haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 31 yanvar soat 23.40da olingan. Voqea joyiga 40 ta öt öçiriş brigadasi yuborilgan.
Binoda 16 kişi yaşagan. Ularning barçasi keksa yoşli odamlar bölib, kam ta'minlangan fuqarolar uçun nafaqa bilan ta'minlanganlar.
Qutqaruvçilar 50 yoşdan 80 yoşgaça bölgan 5 kişi – 3 erkak va 2 ayolni qutqarişga muvaffaq bölişgan. 11 kişi – 8 erkak va 3 ayol halok bölgan.
Yonğin sababi hozirça örnatilmagan. Tergov olib borilmoqda.












