Özbekiston va Saudiya taraqqiyot fondi örtasida 50 million dollarlik zayom şartnomasi imzolandi. Bu haqida KUN.UZ'ga Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Şartnomada qayd etilgan mablağlar "Navoiy, Farğona va Toşkent viloyatlarining qişloq joylarida zamonaviy turar-joylar qurilişi" loyihasining amalga oşirilişiga yönaltiriladi. Hujjat moliya vaziri birinçi örinbosari boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Ar-Riyod şahriga taşrifi doirasida Saudiya taraqqiyot fondi ştab-kvartirasida imzolandi. 

Ta'kidlaş joizki, loyiha Navoiy, Farğona va Toşkent viloyatlarining qişloq joylarida 2 mingdan ortiq uy qurilişini közda tutadi. Bundan taşqari, loyiha doirasida mavjud infratuzilma yaxşilanadi - suv ta'minoti, gaz va elektr tarmoqlari, yöllar quriladi. Şu bilan birga, yuqoridagi hududlarda ijtimoiy markazlar, sport maydonlari, maktablar, tibbiyot muassasalari, dökonlar va avtobus bekatlari qad kötaradi.