Toşkent viloyatining Toşkent tumanidagi Tutzor qişloq fuqarolar yiğinidagi xonadonda Afrika şeri noqonuniy ravişda saqlab kelingan. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida xabar berildi.

Qayd etilişiça, fuqaro G.A.ga tegişli hali qurilişi tugallanmagan xonadon Davlat ekologiya qömitasi va Toşkent tumani Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan közdan keçirilganda, sakkiz oylik Afrika şerining heç qanday talablarga javob bermaydigan şaroitda saqlanayotgani ma'lum bölgan.

- Şer bolasining peşonalari yorilib ketgan, ozib ketgan. Saqlanişi talabga javob bermaydi. Bundan taşqari, binolar közdan keçirilganda, loçin ham saqlanayotgani ma'lum böldi, - deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi inspeksiyasi 1-toifali inspektori Ayoz Inoğomov. – Xonadon egalaridan hayvonlarni saqlaşga, tabiatdan olişga, boqişga ruxsatnoma söralganida, taqdim eta olişmadi. Toşkent hayvonot boğida mutaxassislari ham bu haqda salbiy fikr bildirişdi. Veterinar kelib, birinçi yordam körsatdi. Aniqlik kiritilgunga qadar şer bolasi Toşkent hayvonot boğida saqlab turiladi.

Suriştiruv davomida mazkur şer bolasi Çinoz tumanidagi xususiy korxonaga qaraşli pitomnikka tegişli ekani bildirilgan. Afrika şeri poytaxtdagi hayvonot boğiga topşirildi.