Dubayning tez tibbiy yordam korporatsiyasi (DCAS) Arab Health 2018 tadbirida şifokorlarni çaqiriqqa köra 200 km/soat tezlik bilan bemorlar oldiga yetkazuvçi, uç ğildirakli Polaris Slingshot superkarini taqdim qildi. Bu haqda The Khaleej Times naşri xabar bermoqda.     

DCAS vakilining aytişiça, tomi va eşigi yöq bu rodster tez tibbiy yordam körsatiş uçun zarur barça jihozlar bilan ta'minlangan va hattoki yöllar yöq joyda işlatilişi mumkin.

“Biz bu maşinalardan qayerda foydalaniş samarali ekanini aniqlamoqçimiz va zaruratga köra ularning sonini köpaytiramiz”, deb aytgan DCAS vakili.

Oldida ikkita ğildirak joylaşgan Slingshot superkarlari AQŞning Polaris kompaniyasi tomondan işlab çiqariladi. Ular 2,4 litrli, 173 ot kuçiga ega Ecotec dvigatellari va 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. 

DCAS avtoparkida ilk sportkarlar – Lotus Evora va Ford Mustang 2014 yilda paydo bölgan. Ular oğir ahvolda bölgan bemorlarga birinçi yordam körsatiş uçun dori-darmonlar töplami bilan jihozlangan.      

Statistikaga köra, öşa vaqtda BAAda tez tibbiy yordam maşinasi bemornikiga örtaça 8 daqiqada yetib borgan, biroq yangi maşinalar oldiga bemor oldiga 4 daqiqadan kamroq vaqt içida yetib boriş vazifasi qöyilgan. 

Biroq bu maşinalar kasallarni taşiş uçun möljallanmagan va şifoxonaga yetkazilişi kerak bölganlarga an'anaviy tez tibbiy yordam maşinasi yoki vertolyotni kutişga töğri keladi.