Sönggi bir neça yil içida Vera Dubayda sakkiz marta böldi va şu vaqt içida şaharni yaxşigina örganib oldi. U turli tumanlar va mehmonxonalarni almaştirdi, transportning har xil turlaridan foydalandi, turli köngiloçar maşğulotlarni sinab kördi va xarajatlarni soliştirdi. Uşbu maqolada u öz tajribasi bilan ulaşadi hamda sayohatni rejalaştirayotganda nimalarga pul ajratiş kerakligini aytib beradi.
envato.comenvato.com
Aviaçipta qança turadi?
Toşkentdan Dubayga aviaçipta narxi safar sanasi va aviakompaniyaga qarab farq qiladi. Masalan, 28-sentabrdan 4-oktabrgaça bölgan safar uçun eng arzon boriş-qaytiş çiptasi taxminan 3,6 mln söm turadi. Töğridan töğri reysni 3,66 mln sömdan topiş mumkin, Uzbekistan Airways çiptasi esa uşbu sanalarda taxminan 4,38 mln söm turadi.
Kun.uz
24.09.2026 y. holatiga Dubayga aviaçipta narxlari
Veraning safarlari davomida bir tomonga aviaçipta narxi taxminan 1,5 mln sömdan boşlangan, ammo tiğiz mavsumda çiptalar odatda qimmatroq böladi.
BAAga viza kerakmi?
Özbekiston fuqarolariga Dubayga boriş uçun viza talab qilinmaydi. BAA hududida 30 kungaça vizasiz böliş mumkin. Mamlakatga kiriş va unda böliş qoidalari haqida alohida maqolada batafsil aytganmiz.
Agar mustaqil sayohat qilsangiz, turistik suğurtani oldindan rasmiylaştiriş tavsiya etiladi. 7–10 kunlik polis suğurta kompaniyasi va qoplaş summasiga qarab odatda 70–200 ming söm turadi. Turpaket xarid qilinganda esa suğurta narxga kiritilgan böladi.
Dubayga qaçon borgan maʼqul?
Mening fikrimça, Dubayga boriş uçun eng yaxşi vaqt - aprel va sentabr: bu paytda jazirama issiq bölmaydi, dengiz iliq böladi. Şahar böylab sayr qiliş, plyajda dam oliş uçun qulay.
Davr
Kimlar uçun mos
Bahor
Qulay ob-havo va iliq dengiz uyğunligini istaganlar uçun
Kuz
Kuçli issiqdan qoçişni istaganlar uçun
Mavzuga oid
Qiş
Sayr qiliş, ekskursiyalar va faol dam oliş uçun
Yoz
Issiqqa tayyor bölib, arzonroq narxlarni istaganlar uçun
Qişda ham dam oliş yoqimli, faqat suv sovuq tuyulişi mumkin.
Pul tejaş uçun yoz faslini körib çiqiş mumkin. Yuqori harorat va namlik sababli sayyohlar kamayadi, mehmonxonalar arzonlaşadi. Şu bilan birga, yozda baʼzi mavsumiy köngiloçar joylar, masalan, Global Village va Dubai Miracle Garden işlamaydi, baʼzan qum böronlari ham kuzatiladi.
Yaşaş qançaga tuşadi?
Dubayga safarlarimda odatda Two Seasons Hotel & Apartments mehmonxonasida turaman. Bir yotoqxona, mehmonxona va mini-oşxonasi bor apartamentlarni tanlayman. Xonani mehmonxonaning rasmiy sayti yoki Booking.com kabi bron qiliş servislari orqali band qiliş mumkin.
Kun.uz
Two Seasons Hotel & Apartments lyuks apartamenti
Safarlarimdan birida şunday xona 10 kun uçun 2650 dollarga tuşgan. Plitasi bor xuddi şunday xona 300 dollarga qimmatroq edi. Taqqoslaş uçun: yozda xuddi şu xona ovqatlanişsiz bir haftaga 700 dollar edi. Narx mavsumga qarab özgaradi.
Qaysi tumanda turgan maʼqul?
Tuman tanlaş dam oliş narxi va kundalik transport xarajatlariga katta taʼsir körsatadi. Tejamkorlik qilişni istasangiz, Deyrada turişni maslahat bergan bölardim. U Dubayning arzon mehmonxona, qahvaxona va dökonlarni topiş oson bölgan eng arzon tumanlaridan biri.
Ikki kişi uçun bir hafta yaşaşning taxminiy narxlari:
Hudud
Bir hafta uçun narx
Muhim jihatlar
Deira
$300–500 dan
Eng hamyonbop hududlardan biri, arzon kafe va dökonlar bor
Bur Dubai
$350–600 dan
Tarixiy hudud, transport qatnovi qulay
Dubai Marina
$600–1000 dan
Plyajlar, zamonaviy mehmonxonalar va restoranlar
Downtown Dubai
$800–1500 dan
Burj Khalifa va Dubai Mall yaqinida
Palm Jumeirah
$1200 dan
Kurort mehmonxonalari va xususiy plyajlar
Diqqatga sazovor joylar yaqinida turişni istasangiz, Downtown Dubai yoki Dubai Marina yaxşi tanlov, ammo u yerda yaşaş qimmatroq.
Şaharda harakatlaniş
Agar şahar böylab köp yuriş yoki uning taşqarisiga çiqişni rejalaştirsangiz, avtomobil ijaraga olgan maʼqul. Kia Rio yoki MG 3 kabi kiçik avtomobilni bir haftaga yonilği xarajatini hisobga olmaganda 80–90 dollarga topiş mumkin. BAAda avtoni ijaraga oliş haqida alohida maqolada aytilgan.
Kun.uz
discovercars.com sayti orqali avtomobil ijaraga oliş
Agar bu variant töğri kelmasa, metro va avtobuslardan foydalaniş qulay. Menimça, bu Dubayda harakatlaniş uçun eng arzon usullardan biri.
Metro
Metro va avtobuslarda yuriş uçun Nol kumuş kartasini rasmiylaştirişni maslahat beraman. U bilan yuriş bir martalik çiptalar sotib olişdan köra arzonroq tuşadi.
Kun.uz
Nol transport kartasi.
Yölkira narxi kesib ötiladigan hududlar soniga boğliq. Masalan, Dubai Internet City stansiyasidan Burj Khalifa/Dubai Mall stansiyasigaça bir martalik çipta $11 turadi, Nol kartasi bilan esa - $5 atrofida.
Safar narxi masofaga boğliq. Dubay hududlarga bölingan: agar bir hudud içida harakatlansangiz, safar arzonroq tuşadi. Agar yönaliş bir neçta hududlardan ötsa, narx oşadi.
Nol Silver kartasi orqali safar qiymati
Yönaliş
Narx
Bir zona doirasida
3 dirham ($0,8)
Ikki zona orqali
5 dirham ($1,4)
Uç yoki undan ortiq zona
7,5 dirham ($2)
Kartani avtomatlar, metro stansiyalaridagi kassalar va Nol Pay ilovasi orqali sotib oliş va töldiriş mumkin. Kartada kamida 7,5 dirham ($2) pul turişi kerak.
Taksi
Bir neça kilometrlik qisqa safar ham 8-10 dollarga tuşişi mumkin.
Taksi çaqiriş uçun odatda Careem ilovasidan foydalanaman: ilova orqali buyurtma berilganida Ilova orqali çaqirilganda çiqiş haqi 2,72 dollar, köçada töxtatilganda esa 2,18 dollar atrofida böladi. Aeroportdan safar qiliş qimmatroq.
Kun.uz
Careem ilovasi.
Ortiqça tölamaslik uçun marşrutni oldindan navigatorda tekşirib oling va haydovçi aylanma yöldan yurmayotganini kuzatib turing.
Ovqatlaniş qançaga tuşadi?
Dubayda ovqatlanişga köp pul ketadi: qahvaxonalar arzon emas, restoranlar qimmat.
Bir safar L'ETO qahvaxonasiga kirdik. Ikki porsiya «Sezar» salati, qahva va çoy ikki kişiga 300 dirhamga ($82) tuşgan. Şu tarmoqning boşqa filialida esa aynan şunday buyurtma 150 dirham ($41) bölgan. Tajribamdan kördimki, hatto bir tarmoqqa tegişli muassasalarda ham narxlar ança farq qilişi mumkin.
Kun.uz
L'ETO taomi.
Ovqatlanişda pul tejaş uçun Fresh Food kabi yirik supermarketlardan tayyor taomlarni sotib oliş mumkin. U yerda muntazam ravişda «bittaning narxiga ikkita» aksiyalari böladi, tayyor ovqatni esa öşa yerning özida isitib oliş mumkin. Bundan taşqari, köp supermarketlarda kiçik qahvaxonalar bölib, bu yerda ovqatlaniş arzon tuşadi.
Ovqatlaniş narxi
Nima
Narx
Qahva
10–25 dirham ($2,7–6,8)
Nonuşta
20–40 dirham ($5,5–11)
Yengil gazaklar (çips, yonğoq)
16–20 dirham ($4,4–5,5)
Kafeda tuşlik
kişi boşiga 150 dirhamdan ($41)*
Bir şişa suv
0,9–17 dirham ($0,25–4,6)
Supermarketda tayyor taom
15 dirhamdan ($4)
* Muassasa va buyurtmaga qarab.
Köngiloçar joylar
Mehmonxonalardagi gidlardan ekskursiya sotib olmayman: ular qimmat. Çipta va ekskursiyalarni rasmiy saytlar yoki bron qiliş xizmatlari orqali oldindan sotib olgan maʼqul.
Burj Khalifa
Burj Khalifa'ning 124 va 125-qavatlariga çiqiş bir kişi uçun 50–70 dollar turadi.
Kun.uz
Burj Khalifa 124-qavatidan körinadigan manzara.
Agar mustaqil borişni rejalaştirsangiz, çiptani oldindan bron qiliş arzonroqqa tuşadi.
Akvaparklar
Atlantis mehmonxonasidagi Aquaventure va Wild Wadi akvaparklarini tavsiya qilaman. Aquaventure çiptasi bir kişi uçun 54 dollardan boşlanadi. Lost World Aquarium’ga kiriş bilan birgalikdagi çipta esa 60 dollardan. Narx mavsum va tanlangan tarifga boğliq, şuning uçun sayohatdan oldin narxlarni tekşirib olgan maʼqul.
Kun.uz
Atlantis mehmonxonasidagi Akvapark Aquaventure.
Kelajak muzeyi
Menga ekspozitsiyaning bir qismini bepul köriş mumkinligi yoqdi. Barça zallarga kiriş uçun esa çipta kerak böladi – narxi bir kişi uçun 46 dollar.
Kun.uz
Kelajak muzeyi
Dubai Aquarium
Dubai Mall'dagi Dubai Aquarium uç qavatni egallagan, uni savdo markazining özida bepul tomoşa qiliş mumkin. Qöşimça 264 dollar evaziga akvariumda dayving qiliş mumkin.
Navbatda turişni istamasangiz, yuqori qavatga çiqing. U yerdan ham çiroyli manzara namoyon böladi, odam unçalik köp bölmaydi.
Kun.uz
Dubai Mall akavriumi.
Sahro böylab safari
Safari tanlaganingizda faqat arzonligiga qarab qolmang.
Kun.uz
Lahbob sahrosi böylab safari.
Agar ekskursiya 25 dollar atrofida bölsa, ovqatlaniş, şou va taşkilotçilik sifati pastroq bölişi mumkin. Yaxşisi, 40 dollardan yuqori variantlarni tanlang.
Dubai Miracle Garden
Dunyodagi eng katta gul parklaridan biri bölgan Dubai Miracle Garden juda yoqdi. Bu yerda ön millionlab gullar, ğaroyib kompozitsiyalar, gul installyatsiyalari va kapalaklar boğini köriş mumkin.
Çipta rasmiy saytda 25, kassada 27 dollar turadi.
Kun.uz
Dubai Miracle Garden.
Nimalarni bepul köriş mumkin?
Dubayda bepul köriş mumkin bölgan joylar ham köp.
Plyajlardan Kite Beach va Open Beach köproq yoqdi. Ikkalasiga ham kiriş bepul. Yana bir yaxşi variant - La Mer. U ham bepul, lekin odam köp.
Kun.uz
Kite Beach.
Dubai Marina Walk va Bluewaters sohili böylab sayr qiliş, keçki payt esa Burj Khalifa yonida fontanlar şousini tomoşa qiliş mumkin. Kelajak muzeyida ham bepul hudud bor.
Kun.uz
Burj Khalifa yonidagi fontanlar şousi.
Ayollar va bolalar hamrohingiz bölsa, ayollar kuni ötkaziladigan munitsipal plyajlarga eʼtibor qaratiş mumkin. Bunday kunlarda kiriş $10 atrofida böladi, bu plyajlarga faqat ayollar va bolalar kirişi mumkin.
Dubaydagi bepul joylar
● Kite Beach
● Open Beach
● La Mer
● Burj Khalifa fontanlar şousi
● Dubai Marina Walk
● Bluewaters
● Kelajak muzeyidagi bepul hudud
Dubayda nima sotib olgan yaxşi?
Men Dubaydan köpinça texnika, zargarlik buyumlari, atirlar va xuşböy moylar olib kelaman.
Bir safar Özbekistondagidan 500 dollar arzonroqqa telefon sotib olganman. Aksar turistlar uylariga televizor, öyin pristavkalari va boşqa elektronika buyumlari bilan qaytişlariga köp közim tuşgan.
Kun.uz
BAAda sotib olingan telefon.
Zargarlik buyumlari sotib olmoqçi bölsangiz, Deyradagi tilla bozoriga borişni tavsiya qilaman. Bu yerdagi narxlar brend dökonlardagiga nisbatan ança arzon. Masalan, 100 dollarga tilla zirak sotib olganman.
Kun.uz
Deyradagi tilla bozori.
Arab moyli atirlari ham eng yaxşi deb hisoblanadi. Hajmi 6 ml bölgan flakon 16–18 dirham ($4,5–5) turadi. Hajmi 100 ml bölgan fransuz atirini $100 ga olgandim.
Kun.uz
Hajmi 6 ml bölgan moyli atir.
Agar sayohat Ramazon oyiga töğri kelsa, şoping uçun vaqt ajrating. Bu davrda köplab savdo markazlarida narxlar arzonlaşadi, ayrim mehmonxonalar esa savdo markazlariga bepul transferlar taşkil qiladi.
Qanday xarajatlarni hisobga oliş kerak va qanday tejaş mumkin?
Safarni rejalaştirişda nafaqat aviaçipta va yaşaş xarajatlarini, balki qöşimça sarf-xarajatlarni ham hisobga oliş zarur.
Men uçun eng noxuş kutilmagan xarajatlardan biri turistik yiğim bölgan. Ilk safarlarimdan birida u kuniga 17 dollarni taşkil etgan va mehmonxona narxidan alohida tölangan.
Men kutmagan yana bir xarajat - mehmonxona depoziti edi. Tört yulduzli mehmonxonalardan biriga joylaşiş paytida 500–600 dirham (136–163 dollar) depozit qöyişimga töğri kelgan. Çiqiş vaqtida xonaga nisbatan heç qanday eʼtiroz bölmagani uçun pul töliq qaytarilgan.
Ayrim xususiy plyajlar ham qöşimça xarajat talab qilişi mumkin. Masalan, bitta şezlongni ijaraga oliş 100 dollar atrofida, soyabon uçun esa alohida pul tölanadi.
Safarlarim davomida dam oliş sifatiga zarar yetkazmasdan, ayrim xarajatlarni kamaytiriş mumkinligini bildim. Buning uçun::
● yoz faslini tanlaş kerak, bu paytda yaşaş arzonroq böladi;
● taksi örniga jamoat transporti va Nol kartasidan foydalaniş kerak;
● ekskursiyalarni mehmonxona gidlaridan emas, mustaqil sotib oliş kerak;
● tayyor taomlarni köpinça «bitta narxiga ikkita» aksiyalari ötkaziladigan supermarketlardan sotib oliş kerak;
● şopingni köplab dökonlarda katta çegirmalar böladigan Ramazon oyiga rejalaştiriş.
Qança pul bilan boriş kerak?
Sakkiz martalik safarim davomida yakuniy byudjet mavsum, mehmonxona toifasi, dam oliş şakli hamda köngiloçar tadbirlar va şoping uçun qança mablağ sarflaşingizga boğliq bölişiga işonç hosil qildim. Agar aviaçipta, yaşaş, ovqatlaniş, transport va boşqa asosiy xarajatlar hisobga olinsa, quyidagi summalarni möljallaş mumkin:
Safar uçun taxminiy byudjet
Dam oliş formati
Taxminiy byudjet
Tejamkor
bir kişi boşiga $1500–2000 dan
Mening safarim
Ikki kişi uçun $6000
Qulay
Ikki kişi uçun $6000–8000
* bunga parvoz, yaşaş, transport, köngiloçar maşğulotlar va sayohat davomidagi boşqa asosiy xarajatlar kiritilgan.
Bu summa qatʼiy emas, balki taxminiydir. Yakuniy xarajatlar mavsum, aviaçipta narxi, mehmonxona, dam oliş dasturi va xaridlar hajmiga boğliq böladi.