Özbekistonning Dubaydagi Boş konsulxonasi BAAda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosining vatanga qaytişiga yordam berdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

Boş konsulxona maʼlumotiga köra, U.R. ismli fuqaro BAAga işga joylaşiş maqsadida borgan. Biroq u xorijga çiqişidan avval Özbekiston Migratsiya agentligiga murojaat qilmagan va amirlikka yetib borgaç, mustaqil ravişda iş izlay boşlagan.

Fuqaro öziga munosib iş topa olmagani sababli moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan. Oqibatda uning yaşaş va ovqatlaniş xarajatlarini qoplaş uçun mablaği qolmagan. Şuningdek, Özbekistonga qaytiş uçun aviaçipta sotib oliş imkoniyati ham bölmagan.

Boş konsulxona diplomatlari fuqaro bilan suhbatlaşib, uning vaziyatini örgangan. Şundan söng unga vaqtinçalik turar joy va oziq-ovqat taqdim etilgan.

Keyinçalik fuqaroning Dubaydan Özbekistonga qaytişi uçun zarur amaliy yordam körsatilgan va u vatanga qaytarilgan.

Hodisa munosabati bilan xorijda işlaşni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolariga safardan oldin Migratsiya agentligiga murojaat qiliş tavsiya etildi.

Qayd etilişiça, agentlik orqali xorijda rasmiy va xavfsiz işga joylaşiş, mavjud vakansiyalar haqida maʼlumot oliş, iş beruvçilar bilan boğlaniş hamda zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça yordam oliş mumkin.

Dubaydagi Boş konsulxona esa xorijda qiyin vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolariga amaldagi qonunçilik doirasida konsullik-huquqiy va amaliy yordam körsatiş işlari davom ettirilişini bildirdi.