Özbekiston hukumatining «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi haqidagi nizomni va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasining Ösimliklar karantini tizimini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqidagi» qarori qabul qilindi.

Inspektsiya ösimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş, iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan karantin va boşqa xavfli zarakanundalar, ösimliklar kasalliklari va begona ötlarning xorijiy davlatlardan Özbekiston hududiga kirib kelişdan himoya qiliş, karantin va boşqa xavfli zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari va begona ötlarni öz vaqtida aniqlaş, ularni tarqalişiga yöl qöymaslik va yöq qilişni taşkil etiş, şuningdek, respublikaning ular mavjud bölmagan hududlariga kirib borişining oldini oliş kabi işlar bilan şuğullanadi.

Inspektsiya şuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va iş usullarini joriy etadi.

Nizomga köra, xorijiy davlatlardan uruğlar, ösimliklar, ösimlik xomaşyosi va boşqa ösimlik mahsulotlari hamda xalq iste'moli mollari olib kiriladigan çegara maskanlarini belgilaş ham Inspektsiya funksiyalaridan biridir.

Inspektsiya fitosanitar sertifikati va karantin ruxsatnomasini beradi. Karantin böyiça Özbekistonning hududlar va mikrohududlarga ajratadi.