«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyaçi Maruan Fellayni bilan bölgan suhbat tafsilotlarini aytib berdi.

Ma'lumki, futbolçining amaldagi şartnomasi muddati yozda öz nihoyasiga yetadi. Yaqinda esa u tizzasidan jarohat olgan edi.

«Unga «Şartnomani imzola va ovozingni öçir!» - dedim. Tavakkal qilib ötirmaslikni, jarohati tafsilotlari ma'lum bölgunça, şartnomani imzolaşni maslahat berdim.

Maruanning jarohati oğir emas. Ammo u qança muddatga safdan çiqqanini bilmayman. U biz uçun muhim futbolçi. Maqsadimiz özaro hamkorlikni uzaytiriş. Ammo bunga erişamizmi yo yöqmi, bilmayman», — deb Mourino sözlarini keltirmoqda Goal.