AQŞning Verizon Communications telekommunikatsiya kompaniyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi smartfonlarini sotişdan boş tortdi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Verizon bunday qarorni Huawei’ni Xitoy maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilişda gumon qiluvçi AQŞ hukumati bosimi ostida qabul qilgan. Amerikalik amaldorlar fikriça, bu kompaniya smartfonlarida foydalanuvçilar ortidan kuzatuv olib boruvçi dasturlar örnatiladi.
Avval xuddi şu sababga köra AQŞning yana bitta kompaniyasi AT&T Xitoy kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanişdan boş tortgan. Bloomberğning ta'kidlaşiça, Huawei bilan hamkorlikning töxtatilişi 5-avloddagi mobil tarmoqlarning foydalanişga kiritilişi borasida Verizon va AT&T rejalariga salbiy ta'sir körsatişi mumkin, çunki Xitoy kompaniyasi bu texnologiyani qöllab-quvvatlovçi smartfonlarni birinçilardan sotuvga çiqarmoqçi.
Öz navbatida Huawei’da unga qöyilayotgan ayblovlar rad etildi va ularning smartfonlarida maxsus xizmatlarga ma'lumot uzatuvçi maxfiy dastur örnatilmagani ta'kidlandi. Uşbu vaziyatga Xitoy taşqi işlar vazirligi ham izoh bergan. Xitoy taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kanning aytişiça, Xitoy hukumati Xitoy kompaniyalariga boşqa davlatlar qonunçiligini buzişga, ular xavfsizligiga ziyon yetkazişga ijozat bermaydi.
Huawei axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yetkazib beruvçi dunyodagi yetakçi kompaniyalardan hisoblanadi. Kompaniyaning 100 dan köproq davlatda xodimlari bölib, ular soni 170 ming kişiga yetadi. Mutaxassislarning baholaşiça, kompaniya dunyoning uçdan bir qismiga öz mahsulotlari va xizmatlarini taqdim qiladi.












