AQŞ prezidenti Donald Tramp va Federal qidiruvlar byurosi fikrlari farqlansa, AQŞning aksariyat aholisi unda Trampdan köra köproq FQBga işonadilar. Bundan Marist Poll kompaniyasi ötkazgan sörovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.

Kompaniya saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga köra, söralganlarning 66 foizi FQBga, 24 foizi esa Trampga işonişga tayyorliklarini aytganlar. Bundan taşqari, respondentlarning 71 foizi FQB Trampni hokimiyatdan çetlatişga urinmayotgani va şunçaki “öz işini qilayotganini”, 23 foizi esa byuro prezidentga nisbatan noxolis ekanligini aytişgan.

Sörovnoma 5-7 ferval kunlari ötkazilgan va unda 807 kişi iştirok etgan.

Avvalroq AQŞ kongressining razvedka qömitasi “Rossiyaning AQŞdagi saylovlarga aralaşuvi” tergovi jarayonida FQB va adliya vazirligi qoidabuzarliklarga yöl qöygani haqidagi dokladni e'lon qilgan. Hujjatda FQBning tergovda iştirok etgan xodimlari Trampga noxolislik qilib, saylovlarda yutqazgan Hillari Klintonni qöllab-quvvatlaşgani körsatilgan.