Qirğiz-tojik çegarasida vaziyat vaqtinçalik keskinlaşganidan söng, ikki mamlakat rasmiylari Qirğizistonning Botken viloyatidagi Gulakandoz kanali orqali yangi köprik qurişga kelişib oldilar. Bu haqda viloyat ma'muriyatining matbuot kotibi Çölpon Berdiqulova xabar berdi, deb yozmoqda Kloop.kg.
Köprik mahalliy aholi tomonidan kanaldan ötiş uçun örnatilgan konteynerni almaştirişi kerak. Qirğiziston çegara xizmatidan aytişlariça, Botken viloyatidagi Say qişloğining aholisi kanalda konteynerni öquvçilar uçun qöyib berişgan. Ular ötiş joyi yöqligidan katta masofani piyoda bosib ötişlari hamda çegaradan ötib, maşğulotlarga borişlari talab etilgan.
«Qirğiziston qişloğida yaşovçi aholi maktabga boriş uçun har kuni uzoq masofani bosib ötişga majbur bölgan öquvçilariga Gulandoz kanali orqali köprik qurdi. Şu bilan birga, mahalliy aholi vakillari sözlariga köra, tojik çegaraçilari maktab öquvçilari uçun harakatlanişda qiyinçiliklar keltirib çiqarmoqda», - deya ta'kidlangan edi Qirğiziston Davlat çegara xizmatining jamoatçilik bilan aloqalar va axborot bölimi bayonotida.
8 fevral kuni Tojikiston tomoni bir tomonlama asosda Qirğiziston-Tojikiston davlat çegarasidagi «Kulundu-avtodorojnyy» va «Kayragaç-avtodorojnyy» punktlarida fuqarolar, transport vositalari hamda yuklar ötişini vaqtinçalik töxtatdi.
Muzokaralar yakunlanganidan keyin nazorat punktlari oçilib, oddiy rejimda işlay boşladi. Tojikiston çegara xizmati bu masalani izohlamadi.












