Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi

Ayni kunlarda Özbekistonning turli hududlarida Qur'on musobaqalari bölib ötmoqda. Unda qori va qoriyalar bahslaşib, ğoliblar aniqlanmoqda.

Qorilar orasidagi mutlaq ğoliblarni taqdirlaş va barça qori iştirokçilarga esdalik sovğalari topşiriş işlari diniy idora, joylardagi vakillik va homiylar tomonidan amalga oşirib kelinmoqda.

Qorilarni qöşimça ravişda taqdirlaşni istagan, farzandu arjumandlari ham dunyoda mana şunday közni quvontiradigan, oxiratda esa ota-onasiga toj kiydiradigan qoriyu qurrolar bölişini niyat qilgan uzoq-yaqindagi saxovatpeşa kişilar homiylik qiliş taklifi bilan çiqişmoqda.

Homiylik qiliş istagini bildirgan himmatli insonlar uçun “Özbekiston Qur'on musobaqasi” taşkiliy hay'ati tomonidan maxsus hisob raqami oçilgan edi. Biroq bu bankka boriş va ortiqça ovoragarçilikni tuğdirgani uçun, barçaga qulay bölgan Payme tizimi orqali tölovni amalga oşiriş xizmati işga tuşirildi.

Endi, xayru saxovatlar qilişni xohlagan yurtdoşlarimiz maxsus hisob raqamga osongina muruvvat qilişlari mumkin.