Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, mamlakatning asosiy muammosi hamon korrupsiya bölib qolmoqda. Bu haqda siyosatçi Avstriyaning «Profil» jurnaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Korrupsiya har doim Ukrainaning asosiy muammosi bölgan, hamda afsuski, şunday bölib qolmoqda», - deya aytib ötgan Ukraina yetakçisi.
«RIA Novosti» xabariga köra, Poroşenko jurnalist bilan suhbat davomida Kiyevda korruptsion jinoyatlar bilan kuraş böyiça mustaqil sud taşkil etiş lozimligiga e'tibor qaratgan. Siyosatçining xorijiy kredit beruvçilarga va'da qilişiça, sud 2018 yilda taşkil etiladi, hamda mamlakat hukumati Ğarb maxsus xizmatlari bilan mamlakatga oligarxlar, siyosatçilar va amaldorlar tomonidan noqonuniy ravişda olib çiqib ketilgan mablağlarni qaytariş böyiça hamkorlikni boşlaydi.












