AQŞ prezidenti Donald Tramp hukumat idoralarini moliyalaştiriş muddatini 23 martgaça uzaytirib, 2018-2019 moliyaviy yil uçun federal byudjyet töğrisidagi qonun loyihasini imzoladi.
"Hozirgina qonun loyihasini imzoladim. Endi har qaçongidan kuçli bölamiz. Biz öz armiyamizni yaxşi köramiz va unga ehtiyoj sezamiz, biz unga hatto keragidan-da ortiğini berdik. Bu uzoq vaqt içida birinçi marta röy berdi. Şuningdek bu işçi örinlari, işçi örinlari va yana bir marta işçi örinlari degani!", - deb yozdi prezident özining Twitter sahifasida.
Qonun loyihasi senat va AQŞ kongressi vakillari palatasi tomonidan qabul qilingandan söng davlat rahbariga imzolaş uçun taqdim etilgan.
Donald Tramp qonun loyihasini "armiya uçun katta ğalaba", biroq demokratlar ovoziga ega böliş uçun katta xarajatlar, deb atadi.











