Ahmadjonov Xalqaro Kuraş Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengaşi qömitasi a'zosi Ziyovuddin Hojiniyazov hamrohligida BAA futbol assotsiatsiyasi (UAEFA) prezidenti Raşid bin Humaid Al-Nuaymi va Ajman şahri meri bilan uçraşgan.

Muloqot davomida tomonlar özaro hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilgan. UAEFA bilan bir neça yillik döstlik aloqalariga ega Ahmadjonov öz sözida assotsiatsiyaning BAA, Osiyo va jahonda futbolni rivojlantirişga intilişini e'tirof etgan. U şuningdek tört yil oldin Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev boşlagan islohotlar dasturi, xususan sport va futbolga qaratilayotgan e'tibor haqida alohida töxtalgan.
Umid Ahmadjonov, şuningdek, Osiyo Olimpiya Kengaşi şayx Ahmad Al-Fahad as-Saboh rahbarligida pandemiya davrida butun Osiyo böylab sport harakatlarini qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatlar işga solinayotganini qayd etgan.
Tomonlar yakdil qiziqiş bildirgan boşqa mavzularda ham muzokaralar olib borib, örtadagi sermahsul hamkorlik davomli bölişiga umid bildirişgan.











