Bugun, 12 iyun kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimidan ketişga qaror qildi. Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti sifatida ham işlab kelayotgan Umid Muhammadjonoviç çet elga xizmat safarlari köpligi bois ÖFAdagi mansabini topşiriş haqida ariza yozdi. Tribuna.uz muxbiri Özbekiston futbolining endilikda sobiq rahbaridan intervyu oldi.
— Agar ÖFAdagi faoliyatingizning boşiga qaytib qolsangiz, qaysi qaroringizni özgartirgan bölardingiz? Qayerda adaşdim deb öylaysiz?
— Biz futbol tepasiga kelganimizda milliy termadagi holat, içki çempionat ahvoli kabi masalalarda e'tirozlar köp edi. Haminqadar çempionat saviyasini oşirişga harakat qildik. Ketma-ket ikki yil titul homiyimiz böldi, çempionat öyinlarini TV orqali maksimal darajada translatsiya qilişga erişdik. Stadionlarga sifat kirişni boşladi. Akademiyalar faoliyatini tartibga solişni istadik. Şu bilan birga, milliy termaga odamlar istaganidek xorijdan tajribali murabbiy olib keldik. U neytral inson edi, u Yevropa va Lotin Amerika futboli haqida bilardi, unda biror termani mundialga olib boriş tajribasi mavjud edi. Biz FIFA kunlaridagi vaziyatni yaxşiladik. Senegal, Marokaş, Urugvay va Turkiya kabi terma jamoalar bilan örtoqlik öyinlari uyuştiriş mumkinligini isbotlay oldik. Kuper termaga yaratilgan şaroitlardan rozi. Olimpiya termasi Osiyo çempionatiga yöl olgandi, avvalgi terma Osiyo çempionligini qölga kiritgandi. Olimpiya termasi Afrikaning qator termalari bilan öynadi, ularni vodiyga taklif qildik. Boşqa rejalarimiz ham bor edi. Biroq 20 yil epaqayga kelmagan futbolni 2 yilda fantastik östira olmasdik. Ha, aytgança, biz kelişilgan öyinlarda iştirok etayotgan va harom yöl bilan pul topayotgan kişilarni ham futbolimiz tarixida birinçi marta aniqlab, ularni prokuraturaga topşirişga tayyorgarlik körayotgandik. Ötgan mavsum içida qölimizdan kelganiça işladik. Futbolda bitta Osiyo çempionligimiz bor edi va JÇ yölida edik. Osiyo öyinlarida mamlakat tarixidagi eng yaxşi natijamizni qayd etib, Tokio sari harakatlanayotgandik. Biroq bu yölning ham yarmida tuşib qolgandik. Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uçun muxlislar bizdan rozi bölişsin.
— Futbolni boşqariş uçun eng muhimi nima, tajribangizdan kelib çiqib javob bersangiz: futbolni tuşuniş, kuçli, gapi ötadigan amaldor böliş, yaxşi kadrlarni yiğa oliş?
— Qars bitta qöldan çiqmaydi, har taraflama kuçli bölişingiz kerak. Biroq boşqa sohalar kabi futbolni ham faqat bitta yöl bilan odam qiliş mumkin: qonunlar ustuvorligi, ya'ni, adolat yöli bilan. Futbolga kelib bilganim şu böldiki, uning muammolari tag-tomirigaça ildiz otib ketgan. Bu muammolarni birdaniga yeçişning iloji yöq, buning uçun yillar kerak böladi.











