Özbekiston 2018 yilning yanvar oyida avtomobil benzini işlab çiqarişni 2017 yilning şu davriga nisbatan 15,4 foizga oşirgan — 105 ming tonna. Bu haqda davlat statistika qömitasining rasmiy saytida qömitaning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boşqarmasi hisoboti e'lon qilingan.

Özbekiston Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, hisobot davrida dizel yonilğisini işlab çiqariş 21,9 foizga kamaygan va 71,5 ming tonnani taşkil etgan.

Özbekistonda 2018 yilning yanvarida 63,3 ming tonna neft qazib olingan. Bir yil muqaddam bu körsatkiç 69 ming tonna bölgan va pasayiş 8,2 foizni taşkil etgan.

2017 yil yanvarida 4,75 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olingan bölsa, joriy yilning yanvarida bu körsatkiç 5,09 milliard kub metrga yetgan — ösiş 7,1 foiz.

2018 yil yanvarida işlab çiqarilgan gaz kondensati 193,9 ming tonnani taşkil etgan. Bir yil muqaddam bu körsatkiç 152,2 ming tonna edi — ösiş 27,4 foiz.

Avtomobil işlab çiqarişda ham katta ösiş közga taşlangan. Ötgan yilning şu davriga nisbatan ösiş 60,6 foizni taşkil etgan bölib, yanvarda 12,17 ming avtomobil işlab çiqarilgan.

Yuk avtomobillari (177 birlik, -36,1 foiz), avtobuslar (40 dona, -2,5 foiz) işlab çiqarişda ötgan yilga nisbatan pasayiş kuzatilgan.

Hisobot davrida avtomobil dvigatellari işlab çiqarişda ham katta ösiş kuzatilgan — 58,2 foiz va ularning soni 9220 donani taşkil etgan.