Özenergoinspeksiya rahbariyati 4-noyabr kungi matbuot anjumanida yonilği sifati ustidan nazorat tadbirlari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilda avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari va korxonalardan olingan namunalar tahlilida 330 ta holatda neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlangan. Natijada jami 7823 tonna sifatsiz mahsulotning sotuvga çiqarilişi töxtatilgan. Bu hajm faqat benzinni emas, barça aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarini qamrab oladi.
Anjumanda aynan qaysi markadagi benzinlarda sifatsizlik holatlari kuzatilayotgani söraldi.
“AI-92 bilan AI-95. Umumiy 330 ta holatning 240 tasini şoxobçalarda benzin bilan boğliq holatlar taşkil etgan”, - deya javob berdi inspeksiya vakili Dilşod Yakubov.
Biroq sifatsiz deb topilgan benzinning alohida hajmi, uning qaysi sifat körsatkiçlari talablarga javob bermagani hamda AI-92 va AI-95 markalari böyiça taqsimoti oçiqlanmadi.
Inspeksiya vakilining bildirişiça, namunalar taşkilotning öz laboratoriyasida, şuningdek, tegişli akkreditatsiyadan ötgan boşqa laboratoriyalarda tekşirilişi mumkin.
Anjumanda sifatsiz yoqilği sotgan şoxobçalarga qanday çoralar körilgani va haydovçilarga yetkazilgan zarar baholanişi haqida ham savol berildi. Biroq javobda bu masalalar böyiça aniq maʼlumot keltirilmadi.
Kun.uz avvalroq benzin sifatidan şubhalangan isteʼmolçilar xarid çekini saqlab, şoxobça nomi va manzilini körsatgan holda Özenergoinspeksiyaga murojaat qilişi mumkinligi haqida yozgan edi. Avtomobil dvigatelidagi nosozlik sifatsiz yonilği bilan boğliq deb hisoblansa, texnik xizmat körsatiş şoxobçasining rasmiy xulosasi ham talab etiladi.












