Toşkent viloyati Bekobod tumaniga navbatdagi safarimiz fermerlar muammosini örganiş bilan ötdi. Bizga murojaat qilgan “Abdulla Madina Fayz” fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi bilan uçraşib, muammo yuzasidan tuman hokimligiga borganimizda, bizning jurnalist ekanimizni bilgan qator fermerlar özlari duç kelayotgan muammolarni sanab ketişdi.
Dastavval, “Bobur” jamoa xöjaligida “Xidirali Omon” fermer xöjaligini taşkil etib, 3 gektar yerni boğ qilgan Habibullo Ahmadqulovni tingladik.

“Rustam Xolmatov hokim bölgan vaqtda Bekobod tumani “Bobur” jamoa xöjaligidan 3 gektar yer söradim boğdorçilik uçun. Ikki farzandim bor, şular Rossiyaga ketmasin, yonimda bölsin degan maqsadda. 2017 yil 3 yanvarda ariza yozdim. Öşa vaqtdagi viloyat hokimi ham kelib, tez özlaring xarajat qilib, ekaveringlar, bir oyda qarorni çiqarib beramiz, deyişdi. Endi hokim degan gap bor, biz işondik”, - deydi Habibullo aka.
Tenderda iştirok etiş uçun talab qilingan mablağlar hisob raqamiga qöyilgan. Mart oyida e'lon qilingan tender ötkazilgaç, Habibullo aka va u bilan birga yer olgan yana 13 kişiga şoşilinç tarzda köçat ötkaziş buyurilgan.
“Şundan söng, 93 ga kirgan otamning jamğarib qöygan 8 mln sömini, yana 10 mln söm qöşib köçat sotib olib ekdim. Boşimizda turib, tezlaştirişdi va 5 kunda 1750 tup köçat ötqazdik, -dedi Habibullo aka. – Prezident keladi deb, yöl yoqalariga arça köçatlari ham ektirişdi. Ammo hujjatdan darak yöq. Qiziği şundaki, sentabr oyida yana tender bölib ötdi, yana biz ğolib böldik. Biroq bu safar sabzavotçilikka ixtisoslaştirişdi. Şunça ekilgan köçatlarni nima qilaman, xarajatlarimni kim qoplab beradi? Yana boşqa hokim kelsa, sabzavotçilikni yana boğdorçilikka aylantirişadimi? Hozirgaça, şunaqa sarçonçilik. Qaror çiqarib beringlar, deb kelaman, qarordan darak yöq. Yaxşisi şu yerini qaytarib olişsin-da, köçat xarid qilişga sarflagan pullarimni qaytarib berişsin”.
“Yetti oyda 3 marta hokim almaşdi, har biri özining qarorini çiqarişi kerakmi?- deya suhbatga aralaşadi ikkinçi fermer. Öşa vaqtda hokim Rustam Xolmatov boşimizda turib, köçat oralarini 4 metrdan ölçab ektirdi. Endi hujjatga kelganda nega çözayapsizlar? Qölimizda hokimning yerdan foydalanişga doir qarori bölmaganidan keyin köçatlarni biz ekkanimizni isbotlay olmaymiz-da. Mana bir ayol kelyapti, qölingda qaroring yöqmi, yerni böşat, köçatlaringni olib çiqib ket, men qaror çiqartirib olaman, demoqda. Ekişga ektirdi, qaror berişni nega paysalga solişadi?”

Bekobod tumanidagi paxta uruğçiligiga ixtisoslaşgan “Boqiyeva Nazira” fermer xöjaligi rahbari Nazira Boqiyeva ham özi duç kelayotgan muammolarini sözlab, suhbatga qöşildi. Opaning aytişiça, u 21 yildan buyon fermerlik bilan şuğullanib keladi, mehnatining ortidan nafaqat tumanda, balki viloyatda “temir xotin” deya dong çiqargan. Uning sözlariga köra, ikki yildan buyon paxtasini uruğçilikka qabul qilişmayapti, yoqilği-moylaş mahsulotlarini xarid qiliş masalasida ham muammolarga duç kelmoqda. Soliqdan qarzing bor, deb maşinalarini olib qöyişmoqda.
Biz muammolar girdobidan çiqib, tuman hokimi Otabek Isroilovning fikr va izohlarini biliş uçun u bilan suhbatlaşdik.

“Bekobod tumanida 150 ming kişi istiqomat qiladi. 40 ming gektar ekin maydonlarimiz bor. Unda jami 928 nafar fermer faoliyat yuritadi. Şundan 627 kişi paxta-ğalla yönalişida. Ötgan yili ular 5 mlrd söm zarar kördi. Bundan taşqari, özimiz qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan tuman bölsak-da, tuman ijtimoiy ehtiyojlari uçun meva-çevani Toşkent şahridan olib kelişimizni qanday izohlaş mumkin. Yana şuni aytişim kerak, tumandagi 1 200 gektardagi boğdorçilik xöjaliklari notöğri taşkil etilgan. Ular barçasi buziladi. Çunki, hukumat qarori bilan intensiv boğlardan taşqari boğdorçilik qiliş mumkin emas”, - deya masalaga oydinlik kiritadi Otabek Isroilov.
Şu örinda masalani örgangan kişi sifatida ba'zi fikrlarni bildirsam. Xöp, hukumat qarori bilan intensiv boğdan boşqasi mumkin emas ekan, nega avvalgi hokim bu narsani e'tiborga olmagan? Bundan şunday xulosa qiliş mumkinki, Rustam Xolmatov prezident kelişidan avval şoşa-pişa, natija körsatiş ilinjida, xöjakörsinga fermerlarga köçat ektirgan. Aks holda, yangi hokim uşbu boğdorçilik xöjaliklari notöğri taşkil etilgan, degan da'vo qiliş örniga fermerlarga yerdan foydalaniş uçun qarorni çiqarib berib, ğavğodan qutulib qöya qolardi. Yana kim bilsin, fermerlar aytganidek, balki boşqa bir hokim kelib, sizlarning joylaring sabzavot emas, boğdorçilik bölişi kerak ekan, deya köçat ektirar?!
Kişini bir narsa qiynaydi: qaçongaça natija ortidan quvib, xöjakörsinga iş yuritamiz? Byurokratiyadan qaçon qutulamiz? Qaçongaça, kimningdir xatosini boşqamiz tuzatamiz? Qaçongaça, natijaga erişgani borasida közböyamaçilik qilgan kişining xatosidan boşqalar aziyat çekadi? Bir hokim xato qilib, boşqa tumanga ketişi bilan yopiğliq qozon yopiğligiça qolaveradimi? Dardini yana oddiy xalq tortişi qançalik adolatli? Umuman, bu kabi nuqsonlarni kimdir tekşiradimi, özi?
Tolib Rahmatov













