Adliya vazirligi qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yonilğisi qiymatining bir qismini qoplaş uçun subsidiya ajratiş tartibini belgilovçi vaqtinçalik nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.
Yangi tartibga köra, 2026 yil 1 apreldan 1 iyulgaça paxta va buğdoy yetiştiruvçi fermerlar birja savdolari orqali xarid qilgan dizel yonilğisining 1 tonnasi narxi 13 mln sömdan yuqori bölgan taqdirda, oşgan summaning 2 mln sömgaça bölgan qismi davlat tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiyani oliş uçun dizel yonilğisi faqat birja savdolari orqali xarid qilingan bölişi, fermerning yer maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bölişi hamda yonilği aprel–iyun oylarida agrotexnologik xaritada belgilangan işlar uçun sarflangan bölişi lozim.
Subsidiya miqdori Agroportal ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblanadi va mablağlar Agentlik tomonidan fermerning tijorat bankidagi maxsus hisobvarağiga uç iş kuni içida ötkaziladi.
Agar texnik nosozlik yoki ma’lumot almaşinuvidagi uzilişlar sababli fermer haqidagi ma’lumotlar Agentlikka yetkazilmagan bölsa, u yozma ravişda yoki Agroportal orqali elektron şaklda murojaat qilişi mumkin.








