Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rekord yo‘lidagi Dalmayyer. Pyonchang-2018da bugun o‘ynaladigan medallar
Janubiy Koreyaning Pyonchang shahrida davom etayotgan Qishqi olimpiada o‘yinlarida oltinchi kun sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bugun beshta medallar komplekti o‘z egalariga topshiriladi.
Hozirgacha snoubord turida medallar o‘z egalariga topshirilgan. Bu safar ham amerikaliklar oltin medalni o‘ziniki qilib olishgan bo‘lsa, Yaponiya vakili kumush, Avstraliya vakili bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Kunning ikkinchi qismida bo‘lib o‘tadigan eng asosiy musobaqalardan biri bu biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi individual poyga musobaqasidir. 15 km masofa, 4ta o‘qotishdan iborat bahslarda hozirning o‘zida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishga ulgurgan Laura Dalmayyer yana asosiy favorit sanalmoqda. Germaniyalik sportchi bugun oltin medalni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, biatlon musobaqalarida bitta olimpiadada uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, rekordni takrorlaydi. Oldinda Dalmayyer qatnashishi mumkin bo‘lgan yana uchta musobaqa borligini hisobga olsak, «nemis chaqmoqi» mutlaq rekord o‘rnatishi ham mumkin.
Shuningdek bugun medallar komplektidan tashqari yana bir e'tiborli voqea, musobaqaning eng ommabop sport turlaridan biri hokkey musobaqalari ham start olishini eslatib o‘tish joiz.
Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
14 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar
Snoubord
Erkaklar
Xaf-payp
1. Shon Uayt (AQSh)
2. Ayumu Xirano (Yaponiya)
3. Skotti Jyeyms (Avstraliya)
Chang‘i ikkikurashi
Erkaklar
Chang‘i poygasining boshlanish vaqti – 13:45
Konkida yugurish
Ayollar
1000 metr
Boshlanish vaqti – 15:00
Biatlon
Ayollar
Individual poyga
Boshlanish vaqti – 16:05
Chana sporti
Erkaklar
Juftlik
Boshlanish vaqti – 16:20
Medallar jamg‘armasi bo‘yicha TOP-5
1. Germaniya – 5-2-2 (9)
2. Niderlandiya – 4-4-2 (10)
3. AQSh – 4-1-2 (7)
4. Norvegiya – 3-5-3 (11)
5. Kanada – 3-4-3 (10).
Mavzuga oid
08:58 / 18.02.2026
Olimpiada ochilishida Ukraina jamoasiga rossiyalik ko‘ngilli hamrohlik qildi
07:29 / 18.02.2026
Qishki Olimpiada: eng ko‘p medal olgan mamlakatlar reytingi
18:25 / 15.02.2026
Daniil Yeybog Olimpiadadagi 1500 metrlik bahslarni 14-o‘rinda yakunladi
23:00 / 14.02.2026