Afğoniston xavfsizlik kengaşi maxsus bayonot bilan çiqdi, unda Tojikiston bilan çegaradagi Badaxşon viloyatida XXR yordamida harbiy baza qurilayotgani haqidagi ma'lumot rad etildi.

«Xorijiy davlatlarning Afğoniston bilan harbiy hamkorligi yoki ularning harbiy jihatdan Afğonistonda bölişi mamlakat prezidenti, xavfsizlik kengaşi va afğon parlamentining tasdiqlovisiz yuz berişi mumkin emas», - deyiladi bayonotda.

Afğoniston xavfsizlik kengaşidan ta'kidlanişiça, «Xitoyning Afğonistonda harbiy jihatdan bölişi uşbu mamlakat hukumati bilan muhokama etilmagan».

Eslatib ötamiz, yanvar oyida Pekin va Kobul Xitoy hamda Tojikiston bilan çegaradoş bölgan Badaxşon viloyatida Xitoyning harbiy bazasini quriş haqida kelişuvga erişgani borasida xabarlar tarqatlgandi.

Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Tsyan bu ma'lumotni rad etdi «Xitoy göyoki Afğonistonda harbiy baza qurayotgani haqidagi masala haqiqatdan yiroq», - deya ma'lum qilgan u.