«Mançester Siti» hujumçisi Serxio Aguero «Uigan»ga qarşi Angliya kubogi 1/8 finalidan örin olgan uçraşuv (0:1) vaqtida mezbonlar muxlislaridan biri bilan janjallaşib ketdi.

Hakam huştagi yangrab, «Uigan» ğalabasini tasdiqlagandan söng, stadiondagi muxlislar jamoa bilan muvaffaqiyatni nişonlaş uçun stadionga tuşib ketişdi. Ulardan biri Agueroga turtilib ketdi va unga qarata tupurdi. Bundan jahli çiqqan «Mançester Siti» hujumçisi unga taşlanişga harakat qildi.

Voqea joyida bölgan murabbiy va futbolçilar Agueroni töxtatib qolişga muvaffaq bölişdi.