Amerikalik nazorat mahkamalari 2008 yilgi inqirozdan keyin jahon banklariga 243 milliard dollarlik jarima solişdi. Bu haqida «Interfaks» agentligi Keefe, Bryuette & Woods hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Jarimalarning aksariyati sarmoyaçilarning ipoteka banklari sifati böyiça aldovlar bilan boğliq. MarketWatch hisobot ma'lumotlarida keltirilişiça, gap ular Amerika köçmas mulk bozori inqiroziga qadar sotgan ipoteka aktivlari haqida bormoqda.
Tölangan kompensatsiyalar böyiça yetakçilik Bank of America'ga tegişli - u oxirgi 10 yilda 76,1 milliard dollarlik summaga teng jarima tölagan. Ikkinçi örinda katta farq bilan (43,7 milliard dollar) JPMorgan Chase turibdi va uçinçi örinda (19 milliard dollar) - Citigroup.
Çet el banklari orasida eng köp jarima tölagan banklar - Deutsche Bank (14 milliard dollar) va Royal Bank of Scotland (10,1 milliard dollar). Şuningdek BNP Paribas, Credit Suisse va UBS banklari 6 milliard dollar jarima tölagan.












