Özbekistonning 24 yoşli fuqarosi homilador bölgan rafiqasini öldirganlikda ayblanmoqda. U 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin, deb xabar berişgan Rossiya Tergov qömitasining Mordoviya böyiça tergov boşqarmasidan.

Tergov versiyasiga köra, qotillik 20 fevral kuni Luxovka hududidagi ijaraga olingan kvartirada yuz bergan. Erkak va uning 26 yoşli rafiqasi nima sababdandir qattiq janjallaşib qolgan. Natijada erkak xotinini böğib öldirgan. Şundan söng u politsiya bölinmasiga yöl olgan va yuz bergan hodisa haqida aytib bergan. «S» ma'lumotlariga köra, ayol homiladorlikning 28-haftasida bölgan.

Uşbu holat böyiça jinoiy iş qözğatildi. Ayni damda röy bergan voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda, qator ekspertizalar tayinlandi. Gumonlanuvçi qölga olindi.