Uber AQŞda Express Pool qöşma safarlar xizmatini işga tuşirdi, unda yölovçilar haydovçi olib ketişi kerak bölgan bir joyda yiğilişi talab etiladi. Bu kompaniyaning uç yil içidagi birinçi yangi mahsuloti, deb yozmoqda The Verge.

Avtomobilga Uber Express Pool orqali buyurtma berilganida ilova foydalanuvçidan bir neça daqiqa kutib turişni söraydi, bu paytda tizim öşa tumanda bölgan va yölga çiqişga otlanayotgan, boşqa foydalanuvçilar bilan ketişga rozi bölgan yölovçilarni hamda yaqin orada bölgan haydovçini qidirib topadi. Şundan söng Uber xaritada umumiy yiğiladigan nuqtani körsatadi. Kompaniyadan aytişlariça, «atigi bir-ikki mavzedan» ötiş talab etiladi.

Safar yakunida haydovçi yölovçilarni ular boradigan joydan piyoda yurişda bir neça daqiqa ketadigan masofada qoldiradi, deyişmoqda Uber’dan.

Kompaniya yangi xizmatni 2017 yilning noyabridan San-Frantsisko va Bostonda sinovdan ötkazdi. 21 fevraldan esa u Vaşington, Los-Andjyeles va AQŞning boşqa yirik şaharlarida taqdim etildi. Express Pool boşqa davlatlarda ham taqdim etilişi haqida hozirça heç narsa ma'lum emas.