Faxrabodda Tojikiston Mudofaa vazirligining mobil qöşinlari jihozlangan majmuasi oçiliş marosimi bölib ötdi, u AQŞ tomonidan 1,3 mln dollarga qurib berilgan.
AQŞning Tojikistondagi elçixonasi ma'lumotlariga köra, uşbu majmua 200 nafardan ziyod harbiy xizmatçilar uçun möljallangan öquv sinflari, oşxona, kazarma, sanitariya-texnik inşootlarni öz içiga olgan uçta binodan iborat.
Diplomatik missiyadan eslatişlariça, ötgan yil oxirida AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Milliy xavfsizlik strategiyasini e'lon qildi, unda Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy kömak, iqtisodiy aloqalar va terrorizmga qarşi kuraş orqali Afğonistonda uzoq muddatli tinçlik va farovonlikni ta'minlaşda alohida rol öynaşi ta'kidlanadi.
«Qöşma Ştatlar mintaqadagi suvereniteti, xavfsizligini va barqarorligini qöllab-quvvatlaş uçun Tojikiston bilan hamkorlik qilişga tayyor. AQŞ Tojikiston bilan 26 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda va Tojikistonda xususiy sektor, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, ta'lim, demokratik institutlar va xavfsizlikni qöllab-quvvatlovçi dasturlarni amalga oşiriş hamda qöllab-quvvatlaş uçun 1,8 milliard dollardan köproq mablağ ajratdi», - deyiladi xabarda.












