Turkiya Qurolli kuçlari Boş ştabining ma'lum qilişiça, mamlakat artilleriyasi Suriyaning Afrinida «terrorçilar avtokolonnasi»ga zarba berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«PYD («Demokratik ittifoq» kurdlar partiyasi), YPG (kurdlarning özini özi mudofaa qiliş kuçlari) va IŞIDning 30-40 transport vositasidan iborat kolonna 22 fevral kuni Afrin şahriga janubi-şarqiy yönalişdan qarab harakatlangan. Turkiya Qurolli kuçlari artilleriyasi avtokolonnaga Afrindan 15 kilometrlik masofada zarba berdi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Afrin yaqin vaqt içida örab olinişini ma'lum qilgandi.