Xitoyning Geely kompaniyasi rahbari Li Şufu Mercedes Benz maşinalarini işlab çiqaruvçi Daimler avtomobilsozlik konsernining 9,69 foiz aksiyasini özida jamlay oldi.
Xitoylik sotib olgan aksiyalarning narxi 9 mlrd dollarni taşkil qiladi. Tadbirkor öz qarorini nemis konserni bilan elektromobillar va haydovçisiz maşinalar yaratiş sohasida alyans taşkil etiş istagi bilan tuşuntirgan.
Ma'lum qilinişiça, Geely egasi Daimler kompaniyasi Tesla, Google va Uber olib borayotgan texnologik poygada “omon qolişi”ga umid qilmoqda. Bundan taşqari, Li Şufu Xitoyda qöllaş uçun Daimler’ning ekologik sof avtomobillarni yaratiş sohasidagi işlanmalarini qölga kiritmoqçi.

Daimler’da xitoylikning aksiyalarni sotib olgani ijobiy qabul qilingan va innovatsiyalarga qiziqiş bildiruvçi va konsernga olğa borişda yordam berişi mumkin bölgan yangi sarmoyaçi iliq qarşi olingan.
Avvalroq ham Zhejiang Geely kompaniyasi yirik avtomobilsozlik kompaniyalariga pul tikkan. Jumladan, kompaniya Malayziyaning Proton kompaniyasining 49 foizini hamda Volvo Trucks’dan 3,3 mlrd dollarlik aksiya sotib olgan.
Thomson Reuters ma'lumotlariga köra, Li Daimler’ning eng yirik aksiyadoriga aylandi. Uning uluşi Kuvayt investitsion fondinikidan ham köproqni taşkil qilmoqda. Fondga 2017 yil sentabrda Daimler’ning 6,8 foiz aksiyasi tegişli bölgan. Kompaniyaning 69 foiz aksiyasi yuridik va xususiy sarmoyaçilar orasida taqsimlangan.












