250 kilogrammdan xalos bölgan meksikalik Xuan Pedro Franko qaçonlardir dunyoning eng oğir vaznli kişisi bölgan. 2016 yilning oktabrida 595 kilogramm vaznga yetgan Xuan Pedro Ginnesning Rekordlar kitobiga dunyoning eng oğir vaznli kişisi sifatida kiritilgan.

U vaqtlar yigit töşakka töliq mixlangan bölgan, diabet va yuqori qon bosimidan aziyat çekkan, nafas olişga qiynalgan. Şifokorlar u ozişga harakat qilmasa, hayoti xavf ostida qolişidan ogohlantirişgan. Şundan keyin Franko oşqozonini operatsiya qildirişga qaror qilgan.

U onasi bilan Aguaskalentes ştatidan ğarbiy Gvardalaxaru ştatiga köçib ötgan. Zero, u yerda jarroh Xose Antonio Kastenadaning barça şaroitlarga ega klinikasi bölgan. 

Kastaneda gipotireozdan aziyat çekvuçi Frankoni olti oy davomida Örta yer dengizining juda qat'iy parheziga rioya qilişini nazoratga oldi.

2017 yilning may oyida ilk operatsiya ötkazildi: oşqozon hajmi 80 foizga qisqartirildi. Olti oydan söng oşqozonda yana bir jarrohlik operatsiyasi ötkazildi. Içaklar faoliyati ham izga solindi. 

Şifokorlarning sözlariga köra, u paytlar Franko zörğa harakatlangan va yagona yöl - uning oşqozoni hajmini qisqartiriş bölgan.

Hozir 33 yoşli Franko 345 kilogramm. Kastenada yaqin yarim yilda u yana 100 kilogramm yöqotişiga umid qilmoqda. 

U hanuz kislorod nayçasiga ulangan, şunday bölsa-da, töşakda borgan sari kamroq vaqtini ötkazmoqda. U köp yillar içida birinçi marta tayanç qurilma yordamida qadam qöyişning uddasidan çiqdi. Endi u bir orzu bilan yaşamoqda: "Men yana mustaqil sayr qilmoqçiman". Ança yillardan beri quyoş körmaganiga Frankoning terisi rangi - haddan taşqari oq.

U ba'zan oila byudjyetiga öz hissasini qöşiş maqsadida sotiş uçun şarf töqiydi, şirinliklar tayyorlaşga yordam beradi. Böş vaqtida qöşiq kuylaş va gitara çalişni yaxşi köradi. Biroq aksariyat vaqtini jismoniy maşqlarga sarflaydi.

"Men juda baxtiyorman, çunki hammasi yaxşi ketmoqda", - deydi u AFP'ga bergan intervyusida. 

Şifokorning sözlariga köra, Franko mustaqil oyoqqa turiş va soğlom turmuş tarziga qaytiş uçun astoyidil harakat qilmoqda, u hayotga juda ijobiy munosabatda. "Biz uning hayotini saqlab qolmoqçimiz va u töliq xavf guruhidan çiqişi uçun huşyor turişimiz lozim", - deyişmoqda şifokorlar.

BMT va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, Lotin Amerikasi va Karib havzasida yaşovçi odamlarning 58 foizi ortiqça vaznga ega.