Meksikada futbol böyiça 23-jahon çempionati boşlandi. Oçiliş öyinida mezbon Meksika kutilganidek JARni mağlub etdi. Guruhdagi yana bir öyinda Janubiy Koreya Çexiyani haqli tarzda yengdi. Bugungi mundial kundaligida oçiliş öyinlari, 35 yoşga kirib nihoyat JÇda gol urgan yulduz va Eron milliy jamoasi atrofida bölayotgan voqealarga töxtalamiz.
Sakkizinçi uriniş
Mundial oçiliş öyinlarida maydonga tuşiş böyiça Meksikaga yetadigan yöq. Seriallar yurti vakillari mundiallarda şunçalik köp öynaganki, keça naq sakkizinçi marta oçiliş öyinida qatnaşdi. Meksika bu yilgi musobaqani ham qöşib hisoblasa, 18-marta futbol böyiça jahon çempionatida qatnaşmoqda. Bu borada jamoa Braziliya, Germaiya, Italiya va Argentina bilan birga kuçli beşlikka kiradi.
Buni qarangki, hozirgaça 7 marta oçiliş öyinlarida iştirok etgan Meksika biror marta ğalaba qozona olmagan. Esingizda bölsa, 2010 yil JARda ötgan mundial oçilişida ham mezbon jamoa Meksika bilan öynagan. Ravşan Ermatovning fenomenal faoliyatini boşlab bergan öşa öyinda ham favorit deb qaralgan meksikaliklar zörğa durang qayd etgandi. Ammo keça Xaviyer Agirre şogirdlari işonçli tarzda ğalaba qozondi – 2:0. Şunçaki statistika qarasangiz ham, mezbonlar ustunligi sezilib turibdi: darvoza tomon zarbalar 16 ga 3, töp nazorati 61 ga 39.
Musobaqaning oçiliş goliga Xulian Kiniones mualliflik qildi. Qanot vingeri himoyadagi xatodan keyin töpni egallab olib, jarima maydoniga kirasola kuçli zarba bilan hisobni oçdi. Musobaqaning birinçi goli muallifi böliş juda yoqimli, çunki ilk golni muxlislar yaxşi eslab qoladi. Filipp Lam, Pap Buba Diop, Sipxive Şabalala, Ener Valensiyaning gollari köpçilikning yodida bölsa kerak.
Bu gal oçiliş golini Saudiyaning «Al Qodisiya» klubi futbolçisi urdi. Saudiya çempionatiga odatda Yevropadan nafaqaga çiqqan qariyalar borişardi, lekin bugun bu çempionatda pul şunaqa köpayib ketdiki, endi Saudiya örtamiyonasida öynayotgan futbolçilar mundial oçiliş gollarini urib yuribdi.
Meksikaning ikkinçi goliga Raul Ximenes mualliflik qildi. Men Raulning golidan juda xursand böldim. Ingliz futbolida porlagan ajoyib hujumçi törtinçi mundialda qatnaşmoqda va JÇdagi ilk golini 35 yoşida urdi. «Vulverhempton»dagi öyinlari bilan APL muxlislariga yaxşi taniş Raul Qatar mundialidan oldin boşidan jiddiy jarohat olib, qörqinçli operatsiyani ötkazgan va bir yilça futbol öynolmagandi.
Uni ortiq futbol öynolmasa kerak deyişgandi, lekin Raul bu sinovdan omon çiqib, yana dunyoning eng zör ligasida gollarni qalaştirişni boşladi. Keçagi öyinda ham körgan bölsangiz, maxsus himoya vositasida maydonga tuşdi. Öyinni körmagan APL muxlislari Raul boş bilan gol urganini taxmin qilgandir. Ha, şunday, Ximenes öz uslubida boş bilan gol urdi.











