«PSJ» hujumçisi Neymar Fransiya çempionati 27-turi doirasida «Marsel»ga qarşi keçgan va 3:0 hisobidagi ğalaba bilan tugagan öyinda ikkita golga assistentlik qildi. Lekin u öyin oxirida jarohat olib, maydonni erta tark etişga majbur böldi.
Braziliyalik futbolçi raqib yarimhimoyaçisi Buna Sarr bilan yakkakuraşda oyoğini yerga noqulay qöyişi oqibatida jarohatlandi.
Natijada uni maydonda zambilda olib çiqib ketişdi. Bu vaqtda u közidan yoşlarini tiya olmadi. Parijliklar jamoasi barça almaştirişlardan foydalanib bölgandi va qolgan 10 daqiqalikni 10 kişi bölib ötkazişdi.
Endilikda Neymar 6 mart Yevropa çempionlar ligasi 1/8 finalida «Real»ga qarşi keçadigan javob uçraşuvini ötkazib yuborişi mumkin.













