Futbol böyiça 2026 yilgi jahon çempionati ham nihoyasiga yaqinlaşmoqda. 48 jamoadan 40 tasi allaqaçon turnirni tark etdi, qolgan bir yarim hafta içida sakkiz jamoa boş sovrin uçun kuraş olib boradi. Quyida çorakfinal öyinlari oldidan nimçorakfinaldagi eng yodda qolarli holatlar eslab ötiladi.
Marokaş öz rekordini takrorlaşi mumkin
Afrikaliklar Kanadaga qarşi birinçi bölimni nursiz ötkazişgan va raqib darvozasiga deyarli tahdid solişmagandi (xG böyiça 0,02). Marokaşliklar pley-offning dastlabki öyinida Niderlandiyaga qarşi 120 daqiqa davom etgan öyindan tiklana olmagandek tasavvur uyğongandi. Ammo tanaffusdan keyin Afrika jamoasi saviya borasidagi farqni körsatib qöydi va turnir mezbonlarini qarşi hujumlarda jazolab, yirik hisobda ğalaba qozondi (3:0). Endi Muhammad Vahbi şogirdlari tört yil oldingi turnirda qayd etilgan tarixiy natijani (yarimfinal) takrorlaş uçun yana bir öyinda ğalaba qozonişi kerak böladi, ammo bu öyin turnir ğolibligi uçun asosiy favorit sifatida körilayotgan Fransiyaga qarşi keçadi.
Turnirning eng xunuk öyini

Paragvaylik futbolçilar öyindan oldin Fransiyaga qarşi deyarli imkoniyati yöqligini tuşunib turgandi, şuning uçun jamoa boş murabbiyi ularga raqib hujumçilariga istalgan usulni qöllab bölsa-da öyin bermaslikka körsatma berdi. Jamoa faqat durang hisobni saqlab qoliş va öyinni penaltilar seriyasiga olib boriş, u yerda esa darvozabon Orlando Gilning mahoratiga tayanişni közladi (uşbu posbon oldingi bosqiçda Germaniyaga qarşi penaltilar seriyasi qahramoni bölgandi). Öyinning katta qismi aynan ular xohlagan ssenariyda keçdi – janubiy amerikaliklar istalgan nuqtada fol işlatişdi, bir neça bor raqibni hakamning köz öngida urişdi. Ammo foydasi bölmadi – fransuzlar Kilian Mbappe penaltidan urgan gol evaziga minimal hisobda ğalaba qozonişdi (1:0). Öyindan keyin özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev muhokamalar markazida qoldi – u haddan taşqari qöpol öyin namoyiş etgan paragvayliklarni biror marta ogohlantirmadi, jabrlanuvçi rolidagi fransuzlarga esa uç marta sariq kartoçka körsatdi. Bunday qarorlari tufayli u kesin tanqidga uçradi – L'Equipe naşri uning işini bir ballga baholadi.
Uşbu öyin atrofida bahslar hamon davom etmoqda: avvaliga paragvaylik senator öyindagi harakatlari uçun Kilian Mbappe manziliga zaharli sözlar aytib, irqçilik ruhidagi post yozdi, futbolçi uni «jirkanç xotin» deb atab, javob qaytargaç, özini jabrdiyda qilib körsatmoqda va uni sudga beriş bilan tahdid qilmoqda.


















