Xalqaro tajribadan ayon bölişiça, moliyaviy xizmatlar bozorining samarali, barqaror va haqqoniy faoliyat yuritişi uçun moliyaviy institutlar professional me'yor va etikaga ega bölişi, moliyaviy bozorni regulyator tomonidan samarali nazorat qilinişi va tartibga solinişi, moliyaviy xizmatlardan foydalana olinişi va iste'molçilarning huquqlarini himoya qilinişi hamda aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş imkoniyati kabi özaro boğliq bölgan komponentlarning mavjudligini taqozo etiladi.

Şu bilan birga, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş nazorat qiluvçi organlarning huquqiy va tartibga soluvçi muhitni samarali şakllantiriş faoliyati bilan çambarças boğliqdir.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son «Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga asosan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş departamenti negizida Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş xizmati taşkil etildi.

Xizmatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

bank xizmatlari istemolçilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalaş;

moliyaviy xizmatlar qulayligini oşiriş;

aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oşiriş bölib hisoblanadi.

Bunda bank xizmatlari deganda tijorat banklari, mikrokredit taşkilotlari va lombardlar tomonidan körsatilayotgan xizmatlar tuşuniladi. Bank xizmatlari iste'molçilari deganda esa kredit taşkilotlaridan bank xizmatlarini olmoqçi bölgan, olayotgan yoki olib bölgan jismoniy şaxslar (röyxatdan ötgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham) va yuridik şaxslar kiradi.

Xizmat öz faoliyati davomida tijorat banklari, mikrokredit taşkilotlari va lombardlar tomonidan huquq buzilişlari holatlari bilan boğliq murojaatlarni körib çiqib, mazkur huquqbuzarliklarni bartaraf etiş va iste'molçilarning huquqlarini tiklaş böyiça işlar olib boradi.

Bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş va kuçaytiriş maqsadida Jamoat qabulxonalarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Mazkur Jamoat qabulxonalariga iste'molçilar bank xizmatlari sohasidagi amaldagi qonunçilik normalari yuzasidan maslahat va tuşuntirişlar oliş maqsadida murojaat etişlari mumkin.

Şuningdek, moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oşiriş maqsadida, kredit taşkilotlariga bank xizmatlari iste'molçilarining manfaatlarini himoya etiş standartlariga nisbatan qöyiladigan minimal talablarni belgilaş, aholining bank tizimiga bölgan işonçini mustahkamlaş yuzasidan moliya-kredit tizimida tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş, bank xizmatlarini körsatiş madaniyatini oşiriş, mijozlarning talablarini qondiriş imkonini beruvçi innovatsion bank xizmatlarini körsatiş közda tutilgan.

Iste'molçilarning bank filiallari ofislariga heç qanday tösiqsiz kirişi uçun ma'murlar bilan ta'minlangan mijozlarni dastlab qabul qiluvçi va axborot-maslahat beruvçi tizim va şart-şaroitlar yaratiladi.

Şuningdek, iste'molçilarning xizmatlar böyiça haqqoniy va batafsil axborot olişdagi huquqlarini amalga oşiriş maqsadida kredit muassasalari tomonidan mijozlarga kredit şartnomasi tuzilişidan oldin kredit (zayom)ning haqiqiy qiymatini biliş imkonini beradigan «kreditning töliq qiymati» töğrisida axborot taqdim etilişini ta'minlaş çoralari köriladi.

Markaziy bank bank xizmatlarining sifatini yaxşilaş, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oşiriş hamda bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qilişga qaratilgan qonunçilik normalarini takomillaştiriş yuzasidan rejali tarzda işlarni amalga oşirib boradi.

Joriy yilning mart oyida Markaziy bankning internet-resursida (http://www.cbu.uz) Xizmatning alohida bölimi oçiladi. Uşbu bölimda bank xizmatlari iste'molçilari uçun batafsil ma'lumotlar joylaştirib boriladi.

Bank xizmatlari iste'molçilari öz huquqlarini buzilişi holatlari yuzasidan Markaziy bankning (0371) 200-00-44 raqamli Işonç telefoniga yoki Toşkent ş., I.Karimov köçasi, 6-uyga murojaat etişlari mumkin.