Qaşqadaryo viloyatida issiqlik yetkazilmagan kunlar uçun hisoblangan 2,3 mlrd sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar bermoqda.
Qömitaning viloyat boşqarmasi tomonidan Qarşi şahri, Nişon, Koson va Yakkaboğ tumanlaridagi köp qavatli uylarning markazlaşgan issiqlik taʼminoti örganilgan. Maʼlum bölişiça, “Issiqlik taʼminoti” MÇJ mahalliy qozonxonalar orqali uşbu hududlardagi 384 ta köp qavatli uyning 14 448 ta xonadoniga issiqlik energiyasi yetkazib bergan. Şuningdek, 12 ta byudjet va boşqa taşkilot bilan ham issiqlik taʼminoti böyiça şartnomalar tuzilgan.
Örganişlar davomida rejali taʼmirlaş, avariyalar, gaz bosimining pasayişi, sovuq suv va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar sabab ayrim qozonxonalar faoliyat körsatmagan kunlarda aholiga issiqlik yetkazib berilmagani aniqlangan. Biroq şunday kunlar uçun ham isteʼmolçilarga qarzdorlik hisoblangan.
Raqobat qömitasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş maqsadida mavsum yakuni böyiça uşbu mablağlarni qayta hisob-kitob qiliş masalasini körib çiqqan. Natijada 5,5 ming xonadonda yaşovçi isteʼmolçilar foydasiga qariyb 2,3 mlrd söm qayta hisob-kitob qilingan.












