Livan boş vaziri Saad Hariri faol siyosiy arboblardan hisoblanadi. Yaqinda Livan hukumati rahbari mamlakatdagi maktablardan biriga taşrif buyurib, öquvçilar uçun öziga xos dars ötdi. Bu dars televideniye orqali ham efirga uzatildi.
Öquvçilar boş vazirga uning oilasi, faoliyati haqidagi, şuningdek, diniy savollar bilan ham murojaat qilişdi.
Janob Hariridan musulmon olamidagi ikki yirik yönaliş — sunniylar va şialar haqida ham söraşdi. Boş vazir bu savolga javob berar ekan maktab taxtasida sunniy va şia sözlarini yozdi.
Keyin esa dedi: «Alloh, Qur'on, Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam va islomning 5ta ustuni bu ikki yönaliş uçun ham muqaddasdir. Şunday ekan, ularni ayirişdan nima naf? Men uçun sunniylar va şialarning heç qanday farqi yöq. Ularni ajrartiş mening fikrimça şunçaki siyosiy yuriş».
Hariri siyosiy faoliyatida otasining örni katta bölganini ta'kidladi. Uning otasi Rafiq Hariri ham Livan boş vaziri bölgan va 2005 yilda avtomobil portlatilişi oqibatida halok bölgan. Öquvçilar siyosatçidan uning farzandlari haqida söraşganda, ular xavfsizlik maqsadida çet elda yaşaşini aytdi. U farzandlari uruşdan, xunrezliklardan uzoqda bölişini xohlaşini ta'kidlagan. Xariri Yaqin Şarqning eng katta muammosi nima degan savolga «Inson hayotining qadrlanmasligi» deya javob berdi.
Livandagi şialar siyosiy harakati «Hizbulloh» haqida savolga boş vazir qisqagina javob berdi. Uning aytişiça, Livan hukumati «Hizbulloh»ning qurollarini tortib olişni rejalaştirmagan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabr oyida Hariri Saudiyada turib şialar harakatining işlarini keskin qoralagan va köp ötmay Ar-Riyodda turib özining iste'fosi haqida e'lon qilgandi. Xalqaro jamoatçilik uning Saudiyada majburan uşlab turilgani, iste'fo haqida ham Saudiyaning bosimi ostida e'lon qilganini ta'kidladi. Biroq bu xabarlarni rad etgan Hariri köp ötmay Livanga qaytgan va öz işini davom ettirgandi.












