AQŞ Oliy sudi seşanba kuni şunday qaror qabul qildiki, u Qöşma Ştatlar hukumati deportatsiya qilişni istagan muhojirlarni qamoqda istalgan muddat davomida saqlaşga olib kelişi mumkin.
Oliy sud quyi sud qarorini beş ovozga qarşi uç ovoz bilan bekor qildi. Avvalgi qarorda deportatsiya qiliş haqida qaror qamoqqa olinganidan olti oy ötib ham qabul qilinmagan migrantlarni garov evaziga ozod etiş imkoniyati nazarda tutilgandi. Kutilganidek, bunday qarorga respublikaçi prezidentlar tomonidan tayinlangan beş sudya ovoz bergan bölsa, demokratlarga yaqin uç sudya qarşi çiqdi, liberal qanotdagi bir sudya ovoz bermadi.
Oliy sud işni okrug sudiga qaytarib, AQŞ konstitutsiyasi qölga olingan migrantlarga garov puli böyiça eşituvlar ötkazişni talab etişiga oid masalaga oydinlik kiritişni talab qildi. AQŞda ham Oliy sud, ham federal sudlar konstitutsiyani öz talqiniga köra qabul qilişi mumkin, garçi sönggi söz huquqi baribir yuqori instansiyada qoladi.












