Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yöl xöjaligini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni hamda "Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida"gi qarorida sohaga oid köplab vazifalar qatori qömita tarkibidagi korxonalarni yöl-ta'mirlaş texnikasi, moddiy-xomaşyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlaş, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilab berilgan edi, deb xabar qilmoqda Avtomobil yöllari davlat qömitasi matbuot xizmati.
Darhaqiqat, zamonaviy transport oqimi şaroitida avtomobil yöllaridan foydalanuvçilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yöllaridagi quriliş va ta'mirlaş işlaridagi ösib borayotgan talab – joriy quvvatlarni oşiriş hamda qömita tarkibidagi korxona va taşkilotlar moddiy-texnika bazalarini mustahkamlaş masalalarini – yagona texnologik talablar asosida, kompleks hal etilişini taqozo etardi. Joriy talablar inobatga olingan holda, 2017-2018 yillar mobaynida 223 dona yangi – yöl ta'miri va qurilişida işlatiladigan texnikalarni xarid qiliş haqida Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi qabul qilindi.



Yöl ta'miri va qurilişi böyiça yagona texnik siyosatni olib boriş maqsadida yöl xöjaligi texnikalarini markazlaştirilgan tarzda Xitoyning – Özbekistondagi "UzXCMG" qöşma korxonasi hammuassisi hisoblangan – "Xuzhou Construction Machinery Group Co Ltd." kompaniyasi bilan töğridan-töğri şartnomalar asosida xarid qilinmoqda. Bu esa Respublikadagi yöl xöjaligi korxonalari tomonidan foydalaniladigan texnikalarining ta'mirida yuzaga keladigan ortiqça xarajatlarni qisqartiriş imkonini ham beradi.
Bugungi kunda yöl qurilişi va ta'mirida işlatiladigan 100 dan ortiq texnikalar xarid qilindi. Ular orasida quyidagilarni sanaş mumkin:
- har xil rusumdagi ziçlagiçlar;
- turli rusumdagi yöl frezalari;
- avtogreyderlar;
- asfalt yotqizgiçlar;
- asfalt-beton işlab çiqariş zavodlari;
- zamonaviy ekskavatorlar.


Ayni paytda mazkur texnikalar Avtomobil yöllari davlat qömitasi tarkibidagi "Avtoyölta'minot" unitar korxonasi tomonidan olib kelinib, Respublikadagi yangi taşkil etilgan, yöl qurilişiga ixtisoslaştirilgan korxonalarga tarqatilmoqda. 2018 yilning 1-yarmi davomida yana şunça texnika olib kelinadi.











