Xitoyda köçada yurak xurujidan ölişiga bir baxya qolgan erkak yordam berişlari ilinjida yon-atrofdagilarning e'tiborini jalb qiliş maqsadida antiqa yöl tutdi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar bermoqda.

Şitszyaçjuan şahrida poyezdga şoşayotgan Li ismli bu erkakda temir yöl stansiyasiga bir neça metr qolganda yurak xuruji yuz bergan. Erkak yerga yiqilib tuşgan. Uni yötal tutib, heç kimni yordamga çaqira ham olmagan, dorilari idişini ham oça olmagan. Yon-atrofdagilar esa özlariga töxtaşni lozim topmaganlar. Şunda erkak e'tibor jalb qiliş uçun yonidagi pullarini uloqtira boşlagan. Erkakning bu işi foyda bergan va uning bunday noodatiy xatti-harakatiga köçani patrul qilayotgan politsiyaçi e'tibor qaratgan.

“Dastlab men uni şunçaki mast deb öyladim. Yaqinroq kelibgina vaziyat qançalik jiddiyligini kördim”, deb eslagan voqeani politsiyaçi.

Politsiyaçi erkak yiqilişidan oldin ryukzagini titkilayotganini körgan. U erkakka dorisini qabul qilişda yordam berib, zudlik bilan şifokorlarni çaqirtirgan.