Xorijiy davlat fuqarosi Özbekiston hududida, oçiq osmon ostida AK-74 rusumli jangovar qurolni emin-erkin işlatdi. Kun.uz tahririyatiga harbiy bölmagan uşbu şaxs köçada jangovor avtomatdan öq uzayotgani aks etgan video kelib tuşdi.

Talaffuzidan u xitoylik ekanini biliş mumkin. Videoni «Kevin Ke» nikli foydalanuvçi Xitoydagi WeChat ijtimoiy tarmoğiga joylagan. Postda video «Yangiyöl şahrida olingani» haqida belgi qöyilgan.

Videoda uşbu şaxs oçiq hududda turib, nişon sifatida qöyilgan yelim idişlarga öq uzayotgani aks etgan. Uning harakatlarini videoga olib turgan şaxs ham xitoy tilida gapirgan, öq uzuvçi «2 yuanlik mineral suvga» tekkizgani, «portlagani», «eng kiçik kola şişasini urgani» haqida gapirgan.

Öq otiş joyi suğoriladigan ekin dalasi bölgan.

Uning qölidagi qurol optik möljalga oliş qurilmasi (pritsel) bilan jihozlangan AK-74 rusumli jangovor avtomat bölişi mumkin.

Kun.uz uşbu videoni Toşkent viloyati IIBga taqdim etdi. Boşqarma matbuot kotibi Bobur Tölaganovning ma’lum qilişiça, videoda köringan şaxslar Toşkent viloyati, Qibray tumani mahallasida röyxatga olingan va ayni paytda Farğona viloyatida yaşaydi.

«Qurolning manbasi, uning olingan joyiga aniqlik kiritilyapti», deya ma’lum qildi IIV rasmiysi.

Ma’lumot uçun, «Qurol töğrisida»gi qonunga köra, jangovar qurolni va uning öq-dorilarini oliş, saqlaş va ulardan foydalaniş faqat maxsus organlar va harbiy tuzilmalar tomonidan amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Xitoy fuqarolari 2000 sömlik banknotani yoqib, uning olovida tamaki tutatgani aks etgan video keng tarqalgandi. Keyinroq ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-3-moddasi bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, sud qaroriga köra, har biriga BHMning 100 baravari (41 mln 200 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Şuningdek, iş beruvçi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bir tomonlama bekor