Meksikalik boksçi Saul Alvares rossiyalik Sergey Kovalyovga qarşi jangdan keyin qölga kiritgan WBO çempioni unvonidan voz keçadi. Bu haqda sportçining jamoasida ma'lum qilindi.

Avvalroq Kovalyov Las-Vegasda ötgan jangda Alvaresga 11-raundda nokaut bilan mağlub bölib, unga yarim oğir vazn toifasidagi çempionlik kamarini boy bergandi.

Meksikalikning kamardan voz keçişiga uning yana örta vaznga qaytişi sabab hisoblanadi.

Alvares uşbu jang uçun örta vazndan ikkita toifa yuqoriroqqa – yarim oğir vazngaça sakraşiga töğri kelgan. 

Alvares rossiyalik ustidan ğalabaga erişgaç, özi uçun 4-vazn toifasidagi çempionlik unvonini qölga kiritdi. Kovalyov esa jangdan keyin tibbiy körikdan ötiş uçun şifoxonaga jönatilgan.

Hozirda 29 yoşli meksikalikning hisobida 53 ta ğalaba, bitta mağlubiyat va ikkita durang natija bor.